Talabalar (o'quvchilar) mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish

Talabalar (o'quvchilar) mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Talabalar (o'quvchilar) mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Talabalar (o'quvchilar) mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish REJA: 1.Talabalar mustaqil ishining o'ziga xos xususiyatlari. Mustaqil ishlar turlari. Z. Talabalar mustaqil o'quv faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy shartlari. Mustaqil tahsil olishning asosiy metodlari. Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin egallaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o'quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko'nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta'minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy-didaktik maqsadlarga bog'liq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining birinchi turi- bu sirtdan qaraganda faoliyatning algoritmi ma'lumotlari va vazifalar sharoitidan iborat, ya'ni dastlabki bilimlarning (bilimlarning birinchi bosqichi) shakllanishi omillari asosida talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu maqsadga yetish uchun talabalar tomonidan idrok qilinadigan vazifalarni yechish zarurligi ko'zda tutiladi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining ikkinchi tipi. Bunda o'zlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, ya'ni bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi. Bu maqsadga idrok qilinadigan masalalarni yechish chog'ida talabalardan yo tanlab olingan faktlarni tavsiflash asosida obyektlar va hodisalarni aniq bayon qilish yoki o'rganilayotgan obyekt va hodisalardagi o'zgarishlarning sababini asoslash hamda uni ifodalash orqali yetish mumkin. Unisini ham, bunisini ham talabalar avval egallagan, shakllangan bilimlar tizimini to'g'ri jalb qila olishi va faollashtira olishi asosida bajarishi lozim. Talabalarning bilish (idrok qilish) faoliyati avval o'zlashtirilgan o'quv axborotining mazmuni, tuzilmasini qayta ishlash, qisman qayta loyihalash va yangilashdan iborat bo'ladi. Bunday qayta loyihalash va yangilash tavsif qilinayotgan obyektni tahlil qilish, vazifani turli yo'llar bilan bajarish, ulardan eng to'g'ri yoki mantiqiy izchilligini topish kabi yechish usullarini tanlash zarurligini keltirib chiqaradi. Mustaqil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining umumiy tavsifnomasi shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish g'oyasi (tamoyili) e'lon qilinadi, talabalardan ushbu g'oyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret sharoitga tatbiq etish usul va usullari talab qilinadi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining uchinchi tipi talabalarda uchinchi bosqich-tipik bo'lmagan vazifalarni bajarish chog'ida shakllanadigan bilimlardan iboratdir. Bu maqsadga talabalardan o'rganilayotgan obyektdaga o'zgarishlar sabablarining algoritm asoslarini tuzishni talab qiladigan bilish (idrok qilish) masalalarini yechish jarayonida erishish mumkin. Mustaqil ishlarning uchinchi tipini bajarishdagi bilish faoliyati umuman olganda bilim, malaka, ko'nikmalarni ko'chirishni amalga oshirish yo'li bilan avval o'zlashtirilgan va qolipga tushgan (muayyan algoritm harakatlari tajribasi) tajriba asosida yangi faoliyat tajribasini to'plash va namoyon qilishdan iborat bo'ladi. Bu tipdagi ishlar vazifasining mohiyati izlanish, yechimlar g'oyasini ifoda qilish, amalga oshirishdan iboratdir. Bu qolipga tushgan tajribalar doirasidan doimo chetga chiqadi va fikrlashning jonli jarayonida talabalardan topshiriqlarni avval o'zlashtirilgan o'quv axborotlari, ularga yangi nuqtai nazardan yondashish (muayyan topshiriqlar talablari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.08 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.08 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga