Talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash Reja: Baholash va uning ahamiyati. Baholash me'zonlari, shakllari va turlari. Baholashning asosiy tamoyillari. Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi. Tayanch so'z va iboralar: Baholash. baholashning vazifasi, funksiyalari, turlari, funksiyalari, baholashga qo'yiladigan pedagogik talablar, baholashning besh ballik tizimi, baholashning reyting tizimi. Baholash va uning ahamiyati. Ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv materiallari o'zlashtirilganligini, ko'nikma va malakalar hosil bo'lganligini tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o'qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o'quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o'quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan me'zonlar asosida o'lchash, nati jalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Bilimlarni tekshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o'quv materialining o'zlashtirilganligi ta'lim beruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo'ladi. Baholash natijasida, ta'lim beruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material yaxshi o'zlashtirilganu, qaysi biri yetarli darajada o'zlashtirilmaganligi yoki umuman o'zlashtirilmaganligi ma'lum bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo'lib hisoblandi. Ta'lim beruvchi o'z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O'z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta'lim beruvchining o'quv dasturidagi materiallarni ta'lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir. 1-rasm. Baholash qirralari. Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o'zlashtirilishi aniq-ravshan bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining darsga ijodiy tarzda tayyorgarlik ko'rishi va o'quv mashg'ulotini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta'lim oluvchiga ham ta'lim jarayonida qaysi o'quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon o'zlashtirgani ma'lum bo'ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g'ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go'yo u o'quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog'ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma'lum bo'lib qoladi. Baholash natijasida ta'lim oluvchilarning o'rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo'llay olish, tahlil qilish va o'z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta'lim oluvchi o'z bilimlarining ijobiy tavsifi asosida ta'lim muassasasidagi va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimidagi, malaka va ko'nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bilimlarni, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta'lim oluvchilarning o'qishga, o'z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug'iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida o'ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta'lim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
179.95 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
179.95 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:11 ]
Arxiv ichida: doc