Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi yakuniy davlat nazorati

Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi yakuniy davlat nazorati

O'quvchilarga / Pedagogika
Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi yakuniy davlat nazorati - rasmi

Material tavsifi

Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi yakuniy davlat nazorati Reja: Reyting nazorat tizimi. Nazorat turlari. 3. baholashni tartibi va mezonlari. Tayanch iboralar: Ichki nazorat, reyting, oliy majlis, ta'lim, qonun, bilim, qaror, ko'nikma, malaka, baholash, konsul'tatsiya, kurs ishi, loyihasi, bitiruv malakaviy ishi ,magistrlik dissertatsiyasi , attestatsiya. 1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son «O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 29-son, 332-modda) muvofiq oliy ta'lim muassasalari talabalarining bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risida nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi. - Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. - Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko'nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; b) talabalar bilimi, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash; v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o'zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; g) talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma'lum qilish; e) talabalarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta'minlash; j) o'quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. - Fanlar bo'yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 2. Nazorat turlari, uni o'tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta'lim muassasasining (fakultet) o'quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o'quv dasturida mashg'ulot turlari bilan birgalikda ko'rsatiladi. - Reyting nazorati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.74 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga