Talabalar shaxsini o'rganish metodlari Reja: Oliy maktabda shaxsni o'rganish imkoniyatlari. Shaxsni o'rganish metodlarining klassifikatsiyasi. Talabalar shaxsini tadqiq qilishda qo'llaniladigan asosiy metodikalar. Talabada shaxs xususiyatlarini shakllanganlik darajasi. Shaxs bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Yuqorida takidlaganimizdek, har bir shaxs o'ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir - biriga aynan o'hshash bo'lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo'yi - basti bilan boshqa biror kimsaga o'xshashi mumkin, lekin feli, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo'lmaydi. hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko'p jihatdan aynan o'hshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyatsiyada esa bazi tafovutlar aniqlangan. Shaxs - qaytarilmas, u o'z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o'rinda biz yuqorida ta'rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma - yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o'rinli deb hisoblaymiz. Bu - individ va individuallik tushunchalaridir. Individ tushunchasi umuman odam degan tushunchani to'ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o'z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o'ziga va o'ziga o'hshashlarga xos bo'lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. Individuallik - yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo'lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o'ziga xos xususiyatlar majmuini o'z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo'lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o'tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni taminlovchi kategoriyalardir. Uning manosi shundaki, bo'yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko'z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o'xshash sifatlari bir xil bo'lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivatsiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo'lgan odamni topib bo'lmaydi. Ular - individualdir. Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg'un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko'rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, qodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir. Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o'z - o'ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o'z ichiga oladi. Irodaviy sifatlar - har birimizning o'z oldimizga maqsad qo'yib, unga erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni engishimizni taminlovchi malum sifatlarimiz majmuini o'z ichiga oladi. Emotsiyalar va motivatsiya esa atrofimizda sodir bo'layotgan hodisalar, bizni o'rab turgan odamlar va ularning xatti-qarakatlarini ruqan qanday qabul qilib, ularga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.33 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.33 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:11 ]
Arxiv ichida: doc