Tаlаbаlаrni pеdаgоgik tеxnоlоgiyagа tаyyorlаsh mеtоdikasi Reja: Kаsb - hunаr kоllеjlаridа pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning rоli. 2 Bаkаlаvrlik tizimidа bo'lg'usi o'qituvchilаrni tаyyorlаsh tеxnоlоgiyasi. 3.Bo'lg'usi o'qituvchilаrni prоfеssiоnаl fаоliyatgа tаyyorlаsh vа pеdаgоgik tеxnоlоgiya Pedagogik texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari. -litsey va kollejlarninng bo'lajak o'qituvchilarininng zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; - yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo'lishlari; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g'oyalar maktablar, yo'nalishlar, keng turlarida yo'l topa bilish mahorati; - pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to'g'ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; - mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o'zini tarbiyalash va o'zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish. Pedagogik texnologiyalar fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogik texnologiyalar fanini o'rganish pedagogik nazariyasi va tarixi, pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa, mantiq, etika, ma'naviyat, O'zbekiston tarixi, maktab gigienasi va fiziologiyasi, ona tili bilan o'zaro bog'liqlikda quriladi. O'zbekiston milliy taraqqiyotning eng ma'suliyatli bosqichi-ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshdan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asr ibtidosida, ortda qolgan yo'llarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqbolli rejasini tuzib, uning ustuvor yo'nalishlarini belgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Arastu o'z vaqtida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga: Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to'g'ri belgilash: Pirovard maqsadga erishish chora-tadbirlarni izlab topishga bog'liqdir. Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniqlash va maqsadga etishish usul va uslublarni to'g'ri belgilash deyiladi. Vatan, millat taqdiri hal bo'ladigan qaltis vaziyatlardi to'g'ri yo'lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak, - degan edi I. Karimov. Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvafaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan ularning poydevori hisoblanuvchi ta'lim-tarbiya sohasiga ham to'laligicha tegishlidir. Respublika Prezidenti ta'lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondoshib, uni quyidagicha ta'riflaydi: Ta'lim O'zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi Qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturini (1997 yil 29 avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi modeli yaratiladi. Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya modelini amaliyotga tadbiq etish o'quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog'liqdir. Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.08 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.08 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:11 ]
Arxiv ichida: doc