Talabalarning bitiruv malakaviy ishi

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Talabalarning bitiruv malakaviy ishi - rasmi

Material tavsifi

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi Reja: 1.Bitiruv malakaviy ishi va uning tarkibiy qismlari. 2.Bitiruv malakaviy ishi mavzu tanlash va adabiyotlar bilan ishlash. 3.Ishning nazariy va amaliy qismi. 4.Bitiruv malakaviy ishi uchun tajriba-sinov ishlarini bajarish. Referat bilan kurs ishlarini yozish talabani tadqiqot ishiga tayyorlash bo'lsa, magistrlik dessertasiyasini yozishdan maqsad, tadqiqot. Bitiruv malakaviy ishini yozganda talaba mavzu tanlashdan boshlab, himoyagacha bo'lgan bosqichlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ba'zi Bitiruv malakaviy ishi mualliflari fan nomzodligi ilmiy darajasini berishga tavsiya etilgan hollari mavjud. Bitiruv malakaviy ishi talabaning oliy o'quv yurtini muvaffaqiyatli bitirib, belgilangan bilimlarni to'liq egallab ishni yozish orqali malakali kadr bo'lib shakllanganligini ko'rsatuvchi hujjatdir. Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ravishda olib boriladigan tadqiqot, u dolzarb muammolardan biriga bag'ishlangan bo'ladi. Uni yozdirishdan maqsad: - talabani o'quv muasasasidan kechgan umri davomida olgan bilimlarni jamlash, tartibga solish va o'z dunyoqarashiga va muayyan kasbga ega bo'lganligini ko'rsatish. - amaliy hayotda uchraydigan vaziyatlardan mutaxassis sifatida mustaqil chiqib keta olishga, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohalarda yechimini kutib turgan masalalar ichida eng dolzarbligi bilan ajratib olishga, maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, tadqiqot ishiga birlamchi materiallar to'plashga va ularni tahlil qilib umumlashtirishga hamda fikrini boshqalar oldida isbotlab himoya qila olishga o'rgatishdir. - mavjud bilimlardan foydalanib yangi bilimlarni topish va amaliy hayotda ulardan jamiyat manfaatida foydalanish uchun ko'nikma hosil qildirish. Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi uning muallifi malakasi ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishini yozish va himoyaga tayyorlanish quyidagi bog'liq bosqichlardan iborat. 1 - bosqich. - davlat tomonidan olimlarga ijtimoiy buyurma qilib qo'yilgan va yechimini kutib turgan masalalar orasida tadqiqot mavzusini tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. 2- bosqich - adabiyotlar bilan ishlash va mavjud birlamchi materiallar bilan tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash. 3- bosqich - tuzilgan reja bo'yicha birlamchi materiallarni to'plash va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish. 4 - bosqich - yig'ilgan materiallarni qayta ishlash, ularni tahlilini o'tkazish va Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga takdim etish. 5- bosqich - Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli chizma, model yoki buyumni tayyorlash. 6- bosqich - tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko'rsatib, uning roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash. 7 - bosqich - himoya va uning tantanasini o'tkazish. Bitiruv malakaviy ishini bosqichma - bosqich amalga oshirish muddatlari jadval shaklida tuzilib uch nusxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. jadvalning bir nusxasi kafedrada, ikkinchisi ilmiy rahbarda va uchinchisi diplom ishi muallifiga bo'ladi. Jadvalning muddatlari yuzasidan talaba rahbariga va zarur hollarda kafedrada hisobot berib turadi. Mavzuni tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi olimlar oldiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.18 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.18 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga