Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarda ishtirok etishi

Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarda ishtirok etishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarda ishtirok etishi - rasmi

Material tavsifi

Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarda ishtirok etishi Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test o'tkazish orqali aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qatiylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish istagi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi-Respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak istedod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlaridagi noyob istedodni ro'yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir. iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash vazifalari: - iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratish; - malakali prfessor-o'qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish; - ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish; - iqtidorli talabalar bo'yicha Respublika banki va manitoringini shakllantirish; - maxsus o'quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish; - buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash; Iqtidorli talabalar bilan ishlashning shakl va usullari: - o'qitishni individuallashtirish; - talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim olishga yo'naltirish; -talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish. Oliy o'quv yurtlarida Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limini tashkil etish va uning rahbarini ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan psixolog yoki pedagog safidan tayinlash. Psixologik va pedagogik testlar asosida iqtidorli talabalarni aniqlash ularning ro'yxatini tuzish hamda ilmiy rahbar va maslahatchilarni belgilash; Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida universitet (institut), fakultet va kafedralarda quyidagi ish qog'ozlarini yuritish tavsiya etiladi: iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi Nizomi; iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limining ish rejasi; yillik hisobotlar; iqtidorli talabalarga oid rektorning buyruqlari; fakultet, kafedralar bo'yicha iqtidorli talabalar ro'yxati; murabbiylarning iqtidorli talabalar bo'yicha bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan hujjatlar va fotosuratlar; konferensiya, olimpiada, tanlov, viktorina o'tkazilishiga oid hujjatlar; iqtidorli talabalar izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli O'zbekiton Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari va Hayat qarorlari; xat arizalarni qayd etish kotibi; Maqsadli tayyorlashning o'quv-ijodiy va tarbiyaviy dasturi iqtidorli talaba tomonidan tanlanadi va uning bajarilishi bo'yicha nazorat muddatlari ko'rsatilgan shaxsiy o'quv reja va ilmiy-ijodiy ishlar rejasi tuziladi hamda fakultet Ilmiy Kengashi tavsiyasiga binoan oliy o'quv yurtining farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Ilmiy rahbar iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda o'rganilishi nazarda tutilgan fan o'qituvchilar bilan hamkorlikda qo'shimcha ishchi dastur va tematik-kalendar rejasini tuzish. Yuqori ko'rsatgichlarga erishgan iqtidorli talabalarga ITBIB tavsiyasiga binoan, ayrim fanlar bo'yicha darslarga (o'qituvchining roziligi bilan) erkin qatnashish huquqi berilish mumkin. Har o'quv yilining yakunida iqtidorli talabaning qobiliyati, o'quv-ilmiy va sifatlarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.98 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.98 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga