Mavzu: Talabalarning o'quv-kasb faoliyati sohasida muammoli o'qitishda ilmiy yondashuv Reja: 1. Muammoli ta'lim tushunchasi, maqsadi va vazifalari. 2. Dars - pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni 3. Bilish faoliyatini boshqarishdagi mahorat 4. Muammoli o'qitish talablari Muammoli ta'lim tushunchasi, maqsadi va vazifalari Muammoli ta'lim XX asrning 70-80 yillarida olib borilgan izlanishlar va tajribalarning ijobiy yakuni sifatida vujudga kelgan ta'lim shaklidir. Muammoli ta'lim bu-o'quvchiga beriladigan bilimning kaysi kismini, qanday yo'l bilan berish muammosini samarali xal qilishga qaratilgan o'qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta'lim darsda bir vaqtning o'zida o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi harakati bo'lib, u o'quvchi shaxsidagi muhim belgi-ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Yevropalik pedagog N.G.Dayri aytganidek, darsda o'rganiladigan mazmunning murakkab kismini o'zlashtirishda o'qituvchining faoliyati qanday bo'lsa, o'quvchi faoliyatini xam shu darajaga yetkazish muammoli ta'limning asosiy maqsadidir. Muammoli ta'lim- o'quvchilarning erkin fikrlashlariga, o'zining fikrini erkin bayon kila olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta'sir etishdir. Muammoli ta'lim haqidagi to'plangan ma'lumotlarga asoslanib, shuni takidlash lozimki, bu ta'lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 ko'rinishga ega: 1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 2. Muammoning ko'yilishi. 3. Muammoning yechimini topish. Dars - aniq maqsadni qo'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotdir. o'qituvchining asosiy pedagogak ehtiyoji - o'rgatish, yetkazib berish - aynan darsda amalga oshadi. Shunday ekan, dars jarayonini tashkil qilishga to'g'ri, yangicha munosabat kerak. Dars o'tish jarayonida quruq gap bilan chegaralanmay, o'quvchi xotirasini shakllantirish, mantiq, tasavvur, fikrlay olishini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Dars bir nechta omillardan iborat. Shularning asosiysi - davlat tomonidan qabul qilingan programma. O'qituvchi o'quv programmaning asosiy yo'nalishlarini bilishi har bir darsda 3 ta masalaga etibor qaratishi kerak. Bular: Tarbiyaviy masalalar - o'quvchilarning bo'layotgan hodisalarga, atrofga bo'lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini tarbiyalaydi. Ilm oshiradigan masalalar - o'z ichiga o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishni oladi. Bilish masalalari - o'quvchilarda o'rganilayotgan materiallardan asosiysini, muhim joylarini ajrata olish qobiliyatini, o'quv faoliyatida va fikrlashda mustaqil bo'lishni, o'qishda qiyinchiliklarni engishini shakllantiradi. O'qituvchi tomonidan darsni ishlab chiqish, yani o'qituvchi-darsning muallifi. Darsning qanday bo'lishi uning ijodkorligiga va mahoratiga bog'liq. Avvalo darsning ijodiy rejasi tuziladi. Reja o'z ichiga quyidagilarni oladi: o'quv dasturidan kelib chiqib, har bir mavzu materialining mazmunini chuqur bilish; har bir mavzuning hozirgi zamonga, o'quvchilarning yoshiga mos bo'lishi; o'qituvchining hayotiy va ish tajribaga, ma'naviy holatiga mos bo'lishi; -o'rganilayotgan mavzuning oldinga o'tilgan, keyin o'tilishi kerak bo'lgan mavzularga mos kelishi; -har bir mavzuning o'quvchilar psixologayasiga moslashish maqsadga muvofikdir. Darsning qo'yidagi turlaridan foydalanish mumkin: ma'ruza darsi o'quvchilar ongini, fikrlashini faollashtirishda katta yordam beradi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, ma'ruza boshlashida o'qitilayottan materialning maqsadinig nimaga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
194.14 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:12
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
194.14 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: ppt