Talablar faoliyatini faollashtirish va intensifikasiyalashga asoslangan ta'lim texnologiyalari

Talablar faoliyatini faollashtirish va intensifikasiyalashga asoslangan ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Talablar faoliyatini faollashtirish va intensifikasiyalashga asoslangan ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Talablar faoliyatini faollashtirish va intensifikasiyalashga asoslangan ta'lim texnologiyalari Reja: O'yinli texnologiyalar. Muammoli ta'lim texnologiyasi. Loyihalar usuli texnologiyasi. Tayanch iboralar (tushunchalar): O'yinli texnologiyalar, ta'limiy o'yinlar turlari, , bilish faolligi, imitasion usullar, muammoli ma'ruza, muammoli savol, muammoli vaziyat, o'quv loyihasi. MS: Faollik bu nima? MS: Siz o'qitayotgan talabalar faol bo'lishini istaysizmi? MS: Sizningcha, talabalar faolligi va pedagogik jarayon tushunchalari o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud? Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy vazifasi ta'lim sifatini oshirish. O'TMlarning o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talabalarda tanqiliy fikrlash malakasini irvojlantirish asoslari va o'qitishning interaktiv uslubidan foydalanishni kiritish bo'yicha katta amaliy ishlar olib borilmoqda. (7) Ta'lim jarayonida bilim oluvchining faolligi tamoyili pedagogikada eng muhim tamoyillaridan bo'lib kelgan. Uning mohiyati o'rganilayotgan predmetni talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi va qo'llanilishidir. Ta'lim olishning faolligi talabalardagi yuqori motivasiya, ular tomonidan yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish ehtiyoj sifatida qabul qilinishi, ta'lim jarayoni natijalari samarali bo'lishi bilan sifatlanadi. Faollik insonning barcha faoliyat shakllarida mavjud - o'zgartirish faoliyati, bilish faoliyati, muloqot va boshqalar. O'z faoliyati natijasida atrofdagi olamda va insonning o'zida ma'lum o'zgarishlar sodir bo'ladi. MS: Ma'lumki, talabalar har bir o'quv fani yoki biror fan doirasida o'rganilayotgan mavzuga bir hilda yondashmaydilar. Bunga ularning munosabatini qaysi ko'rsatkichlar orqali aniqlash mumkin? Bilim oluvchilarning ta'limga bo'lgan munosabati aynan ta'lim olishdagi faollik, bilan sifatlanadi. Bu faollik talabani o'rganish predmetiga kirib borishining intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi. Faollik tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlar orqali ifodalanadi: ♦ ta'limiy vazifalarni bajarishga bo'lgan tayyorlik; ♦ mustaqil faoliyat olib borishga intilish; ♦ bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi; ♦faollik predmetiga yo'naltirilgan diqqatning mustahkamligi; ♦ o'z bilim darajasini yanada oshirishga bo'lgan intilish. G.K.Selevko o'z kitobida faollikning ikki darajasi farqlanadi, deb bergan (1). Birinchi, quyi daraja insonning ma'lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab, unda inson ko'proq boshqarilayotgan obyekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat obyekt faoliyati deb nomlanadi. Ikkinchi, yuqori darajada faollik ta'lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi, manbasi rolini o'ynab, ijodiy, o'zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi inson subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi (subyekt faoliyati). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi: (konseptual jadval) ( faoliyat amalga oshirilayotgan vaqtda subyektning ichki sifat va holatining o'ziga xosligi - maqsadlash, rejalashtirish, natijani oldindan ko'rishga bo'lgan ichki motivasiyaning mavjudligi (vaziyatdan kelib chiqib, biror fakt ta'sirida amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli o'laroq); (ixtiyoriyligi, ya'ni bu faoliyat subyektning o'z maqsadi va irodasiga aoslanadi; ( vaziyatdan yuqoriligi, ya'ni oldindan belgilangan maqsadlar doirasidan chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi); ( mustaqillikka intilish, ko'zlangan maqsadga erishish yo'lida izchil va mustaqil faoliyat olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.42 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 371.42 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga