Ta'lim - tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish

Ta'lim - tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim - tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim - tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish Reja: Rejalashtirish va uning ahamiyati. Yillik reja tuzishning o'ziga xos xususiyati Oylik va xaftalik reja tuzishda dastur vazifalarining hisobga olinishi. Jihoz: plakatlar, flamaster, rangli qalamlar, bo'yoqlar, dastur. Dars usuli: Tinglovchilar zanjir usulida 1-5 gacha sanash orqali 5 guruhga ajratiladi. 1 lar ilk yoshli, 2 lar kichik guruh. 3 lar o'rta guruh 4 lar katta guruh, 5 lar maktabga tayyorlov guruh deb nomlanadi. Har qaysi guruh oylik reja tuzadi. Plakatda ifodalaydi. Ko'rgazma va namunalarni plakatga yopishtiradi. Guruh sardorlari chiqib tushuntiradi. O'z guruhini himoya qiladi. Oxirida o'qituvchi xulosalaydi, rag'batlantiradi, to'ldiradi. Har bir inson qaysi faoliyat bilan shug'ullanishdan qat'iy nazar o'z faoliyatini oldindan rejalashtirsagina ishining unumi bo'ladi. Dalada ishlaydigan tikuvchilik qiladimi, qaysi ishni qilmasin oldin rejasini tuzadi. Shunday ekan tarbiyasi ham o'zining faoliyati muvaffaqiyatli chiqishi uchun eng avvalo o'quv yili boshlanishidan oldin avgust oyida yillik reja, so'ngra har oy boshlanishidan oldin oylik reja va xaftalik reja tuzadi. Yillik rejada yil davomida har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan dastur vazifalari aniq mavzular orqali aks ettiriladi. Bundan tashqari yil bo'yi o'tkaziladigan tadbirlar, ko'rik tanlovlar ham rejalashtiriladi. Barcha guruhlarda yil davomida barcha yo'nalishlar bo'yicha mavzular soni quyidagicha: Ilk yosh guruhi. Har qaysi guruhda tuzilgan mavzular dastur asosida har bir yo'nalishning hamma tomonini qamrab olishi kerak. Masalan: badiiy adabiyotning hikoya qilib berish, o'qib berish va yod oldirish, ilk matematikaning son-sanoq, geometrik shakl, kattalik, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash, jismoniy tarbiyaning yurish yugurish, sakrash, irg'itish, emaklash, ilib olish, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish ayrim bo'limlari nazardan chetda qolmasligi lozim. Quyida o'rta guruhda badiiy adabiyot yo'nalishi bo'yicha yillik reja mavzulardan namuna keltiriladi. O'rta guruh. Badiiy adabiyot Hikoya qilib berish Tarbiyachi yillik reja asosida oylik reja tuzadi. Oylik reja tuzish uchun xaftalik mashg'ulotlar taqsimoti kerak bo'ladi. Mashg'ulotlar jadvali Ilk yosh guruh Katta va tayyorlov guruhda xorijiy tilga o'rgatish o'qituvchi bilan kelishgan holda xaftasiga ikki mashg'ulot o'tiladi. Oylik rejada ikki yoki uch yo'nalish mujassam qilib mashg'ulot o'tilishini nazarda tutgan holda bitta mavzu qilib ko'rsatiladi. Mavzu: Oltin tarvuz o'zbek xalq ertagini o'qib berish va shu asosda rasm chizish (o'rta guruhda). Bir oy davomida har qaysi yo'nalishlarining bo'limlarini aralashtirib, masalan, jismoniy tarbiyaning sakrash, yugurish, otish, ilib olish, emaklash, muvozanat saqlashlarni navbati bilan oylik rejada aks ettirish lozim. Badiiy adabiyotdan birinchi xaftada hiko qilib berish 2-xaftada o'qib berish, 3-xaftada she'r yod oldirish, 4-xaftasida yana hikoya qilib berish olinadi. Yillik rejadagi mavzular oylik rejaga olishga tevarak-atrof hayot bilan bog'lanadi. X.Yoqubovning Qor, N.Orifjonoovning Qishda she'rlarini yod oldirish qish faoliga tegishli oylarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.73 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.73 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga