Ta'lim berish va o'qitish nazariyasi

Ta'lim berish va o'qitish nazariyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim berish va o'qitish nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

ta'lim berish va o'qitish nazariyasi Reja: 1. Didaktika haqida tushuncha. 2. Bilim-ta'lim jarayoninig metodologik asosidir. 3. ta'lim jarayoni va uning ikki tomonlama xususiyati. 4. ta'lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari. 5. ta'lim nazariyasining asoschilari (Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ushinskiy, Kamenskiy, J.J.Russo, Pestolotsi). Didaktika ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so'z bo'lib, «Didayko»-o'qitish, «Didaskol»-o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan. Didaktika pedagogikaning ta'lim jarayoning umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so'z bo'lib, o'qitish, o'rgatuvchi deganso'zlardan kelib chiqqan. «Didaktika»ning so'zma-so'z tarjimasi ta'lim nazariyasini anglatadi. ta'lim nazariyasi ta'lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta'limqoidalarini, uslublari va tashkiliy formalarini o'z ichiga oladi. Didaktika o'z oldiga O'qitishning talabalarning har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo'yadi. ta'limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika pedagogikaning «nimaga o'qitish», «nimani o'qitish» va «qanday o'qitish» kabi savolariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa, o'z navbatida, ayrim o'quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog'lanadi. Shu usullar ma'lumotiga tayanib, o'qitishning umumiy qonuniyatlarini echib boradi va ayni vaqtda xar bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. ta'limning asosiy vazifasi yosh avlodni umumiy bilimlar, ko'unikma va malakalar sistemasi bilan qurollantirishdan iborat. Bilimlar odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to'plangan umumlashgan tajribasidir. Ilmiy bilimlar obyektiv olamning ancha to'g'ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas,ular hamisha o'zgarib turadi va takomillashib turadi. Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar sistemasi tarkib topadi. ta'lim jarayonida bror fan sohasida insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o'rganish kerak, deb uylash mutlaqo noto'g'ri bulur edi. O'quv jarayonida eng asosiy, eng muhim narsalar fanlarning asoslari urganiladi. ta'lim jarayonida o'quvchilar bilimlar sistemasini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko'nikma va malakalar hosil qiladilar. Maktablarimizda ta'lim mazmuni takomillashtirib borilayotgan hozirgi vaqtda o'quvchilarda xilma-xil ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida etibor berilmokda. DIDAKTIKANING ASOSIY KATYeGORIYaLARI Ko'nikmalar - maktab o'quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajaradigan harakatlarning yig'indisidir. Demak, ko'nikma hosil qilish, mehnat qilish yo'llari va usullarini bilib olish o'z bilimlarini amalda qo'llay bilish demakdir. Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki daslabki shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham malum xatti-harakatlar qilish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Pedagogika va psixologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda ko'nikmalarni epchillik, xar tomonlamalik, ilgari muhim xossalari haqida fikr yuritiladi. Bu xususiyatlar o'quvchiga har gal yangi sharoitda kerakli xatti-harakatlar qila olish uchun zarur. Masalan: o'quvchi plan tuzish ko'nikmasini egallab olganidan keyin xar qanday teksni ham planini tuza oladigan bo'ladi. Mehnat ko'nikmalar ham xuddi ana shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.12 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga