Ta'lim jarayoni psixologiyasi. O'quv faoliyatini boshqarish

Ta'lim jarayoni psixologiyasi. O'quv faoliyatini boshqarish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayoni psixologiyasi. O'quv faoliyatini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

ta'lim jarayoni psixologiyasi. o'quv faoliyatini boshqarish R e j a: Boshqaruv funksiyalari Boshqaruvda muomilaning roli Rahbarlik usullari ta'lim tarbiya jarayonini, pedagagik tizim va uning texnologiyasi boshqarish psixologiyasi Jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari. 6. Boshqaruvning psixologik asoslari mexanizmi Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o'zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, o'rta ta'lim jarayoniga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Eski ijtimoiy munosabatlar shakllarining buzilishi va yangi demokratik hayot tarzining vujudga kelishi shaxsning ijodiy faolligini talab qiladi. Ijodkor, faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun o'rta ta'limda muhim o'zgarishlar va qayta qurish hayotiy zarurat bo'lib qolmoqda. Shu boisdan o'rta maktabda tub o'zgarish yasash, faol, ijodkor, aql-zakovatli, bolalarni tayyorlashning yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. ta'lim jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish ta'lim muassasalarida ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi bevosita boshqaruv jarayoni bilan bog'liqdir. Boshqaruv funksiyalari. Boshqaruv keng manoda zarur natijalarni qo'lga kiritish maqsadidagi qandaydir tizimning (moddiy-narsa, ijtimoiy) holatini boshqarishni ifodalaydi. Boshqaruvning asosini belgilovchi narsa natija hisoblanadi. Psixologiyada natijaga olib keladigan faoliyat elementi maqsad deb nomlanadi. Shu bois maktab pedagogik jamoani boshqarish ikki maqsadga tayanadi. Ulardan biri o'quv-tarbiya, o'quv ishlab chiqarish jarayoni, ikkinchisi, maktab jamoasi a'zolarining shaxsiy ehtiyoji va manfaatlarini qondirishdan iborat. Ular birgalashib maktab ichki boshqaruvining maqsadli funksiyalarini hosil qiladi. Birinchi funksiya - ishlab chiqarish funksiyasi bo'lib, unga bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularni hayotga tayyorlash bo'yicha buyurtmalarni bajarish kiradi. Ikkinchisi, ijtimoiy funksiya: pedagoglarning manfaatlarini aniqlash, ularning moddiy va ma'naviy talablarini qondirib borish uchun ishda qulay shart-sharoitlar yaratish, pedagogik jamoada mehnat qilish uchun mikroiqlim, ko'tarinki kayfiyat hosil qiluv sharoitlarni shakllantirish pedagogik jamoa a'zolarining samarali ishlashlari uchun ijtimoiy psixologik holat va xususiyatlarni shakllantirish Pedagogik jamoalardagi boshqaruvning maqsadli funksiya-laridan tashqari ijtimoiy psixologik funksiyasi ham mavjud : Uning maqsadi pedagogik jamoa a'zolarning samarali ishlashlari uchun ijtimoiy psixologik holat va xususiyatlarni shakllantirish bilan belgilanadi. Pedagogik jamoani boshqarishning ijtimoiy psixologik funksiyasi ham bir necha tarkibiy qismlarga ega bo'lib, ularga : jipslashtirish faollashtirish takomillashtirish o'zini o'zi boshqarish kiradi. Boshqaruv jarayoni bilan bog'liq psixologik muammolarning keng ko'lamli masalalar majmuidan iboratligi uning funksiya-laridan ham malum. Shuning uchun maktabdagi pedagogik jamoani boshqaruvchi yoki rahbarlik qiluvchi shaxs unga bog'liq psixologik muammolarni tahlil qila olishi va bilimlarga ega bo'lishi muhim. Bugungi kunda boshqaruv muammosini psixologik o'rganish masalasi bir necha xil qarashlargsha tayanadi. Chunki boshqaruv tizimi serqirrali va ijtimoiy guruhlarning xarakteridan kelib chiqqan holda bir necha bosqichlarga ham ega. Boshqaruv jarayonining psixologik masalalari bir necha muammolarni o'zida qamrab olinishini inobatga olgan holda ularning qisqacha va asosiy mazmunini beruvchi ayrim jihatlarini ketma-ketlikda yoritib berish maqsadga muvofiq. Maktab rahbarlari hamda pedagogik jamoa o'rtasida hamkorlik faoliyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.37 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.37 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga