Ta'lim jarayoni va mutaxassislik

Ta'lim jarayoni va mutaxassislik

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayoni va mutaxassislik - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayoni va mutaxassislik Reja: 1. Ta'lim jarayonining mohiyati va vazifalari. 2. o'qitish jarayonining ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari. 3. Ta'lim jarayonining tuzilishi (bosqichlari). 4. Ta'lim jarayonida o'qituvchi faoliyatining xususiyatlari. O'z mustaqil fikriga ega bo'lgan, o'z kuchiga, o'zi tanlagan yo'lning to'griligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan karaydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho'chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqikatiga suyangan holda har qanday garazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga kodir bo'ladi. I.A.Karimov Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo'limi didaktika shugullanadi. Didaktika - grekcha so'z bo'lib, didasko, ya'ni o'qitish, o'rgatish ma'nolarini beradi. Ta'lim qonuniyatlarini o'rganish, tahlil qilish jarayonida ta'lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o'qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. o'qituvchi ta'lim jarayonida fakat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta'limdagi yutuklar, avvalo o'qituvchiga bog'liq. Mutaxassis sifatida o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo'lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o'rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko'rsatishning makbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Ta'limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma'noni bildiradi. Ya'ni: ta'lim oluvchilarda bilim ,ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o'stirishdir. Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. o'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Ta'lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqikatlarni ocha olishga kodir bo'lgan ijodiy mantikiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta'lim o'quvchi-talabalarning o'zlashtirish, o'zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o'quvchiga noma'lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto'gri va noanik bilishdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.96 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.96 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga