Ta'lim jarayoni va uni boshqarishga doir nazariyalar tahlili Mundarija Kirish I-Bob. Ta'limni boshqarishning ilmiy-nazariy asoslari 1.1.Ta'lim tizimini boshqarishning nazariy-metodologik asosi 1.2 Ta'limni boshqarish muammolarining psixologik tahlili 1.3.Ta'limni boshqarish - murakkab tizim sifatida II-Bob. Ta'limni boshqarishning mazmuni, shakli, metod va vositalari 2.1. Jamiyatning ta'limga bo'lgan ehtiyoji - ta'limni boshqarishni qayta qurishdagi zarur omil 2.2. Ta'limni standartlashtirish - samarali boshqaruv vositasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati KIRISH О'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida tub burilish yasadi. Bunday sharoitda yangilanayotgan jamiyatning ma'naviy rivoji, jumladan ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqib, yuksaltirishni nazarda tutgan g'oyalar ilgari surildi. Ularning ichida, Respublika ta'lim tizimini maqsadga muvofiq holda qayta qurish, uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish, yangi mazmunini belgilash, о'quv jarayonining samarali shakl, usullarini aniqlash, milliy о'zligini anglash, xalqning boy madaniy va ma'naviy merosiga munosabat kabi jihatlar eng dastlabki maqsad va vazifalar sirasiga kiradi. Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish, shubhasiz, turg'unlik davridan qolgan avtoritar, demokratiyadan holi, ma'muriy buyruqbozlik tizimiga asoslangan ta'lim boshqaruvini qayta idrok etishni taqozo qiladi. Ma'lumki, ta'lim tizimini boshqarishniig barcha bo'g'inlari Markazning ko'rsatmasi, qarorlarini so'zsiz ijro etish, quyi tashkilotlarni nazorat etish usulida yo'lga qo'yilgan edi. Mavzuning dolzarbligi: Ta'limni boshqaruv tizimida yangilanishning dastlabki bosqichida ijodiy tashabbuslardan foydalanish, ularni ijobiy jihatdan chuqurlashtirish masalalarida qator qiyinchiliklar va muammolar paydo bo'ldi. Nagijada uni jahon ta'limi tizimiga kirishiga moneliklar vujudga keldi. Mazkur holatga yo'l quyib bo'lmasligini aytib, Prezident I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: Biz davlat qudratiga xokimiyat va boshqaruv idoralarining soni miqyosiga qarab emas, aksincha, ularning ish tizimi qanchalik samara berayotganiga, ular faoliyatining qonuniy asoslari qay darajada shakllanganiga qarab baho berishimiz lozim Yangicha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qarashlar hamda konservativ- eskicha ish uslubi orasidagi qarama-qarshiliklar sharoitida O'zbekiston umumta'lim muassasalarida boshqaruvning nazariy va tashkiliy-metodik jihatdan takomillashtirish asoslarini ishlab chiqish zarurati tug'ildi. Mazkur masalaning muhimligi respublikada Ta'lim tо'g'risida qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga izchil tadbiq etish bilan bog'liq bo'lib, ularda boshqaruviga rahbarlik ishini demokratiyalashtirish va shuning zaminida vazifalarni qayta belgilash, boshqaruv ishini markazdan quyi tashkilotlarga berish, rahbarlar mas'uliyatni, oshirish masalalari alohida o'rin olgan. Bu o'z navbatida xalq ta'limi boshqaruv organlarining barcha bo'g'inlarida mustaqillik va tashabbusga keng yo'l ochib beradi. Tabiiyki, mazkur masalani manfaatli hal etish uzoqqa cho'zilmasligi, mavsumiy holga aylanmasligi hamda sun'iy shaklbozlikka asoslangan qayta tuzish tusini olmasligi lozim. Jamiyatda sodir bo'layotgan barcha o'zgarishlar, har bir shaxs xususiyatidagi intiluvchanlik boshqaruvidagi ijobiy siljishlarni boshqaruvning barcha darajalari (umumdavlat, mintaqaviy, mahalliy) bilan bog'liqligini saqlagan holda muntazam, uzluksiz amalga oshirish lozim. Ta'lim tizimi boshqaruvini takomillashtirishning boshqa dolzarb jihatlari quyidagilarga bog'liq. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqib, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.15 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.15 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc