ta'lim jarayoni yagona tizim sifatida Reja: 1. ta'lim jarayoni mohiyati va uning vazifalari. Tushunchalar: bilim, ko'nikma, malaka. 2. ta'lim jarayonining strukturasi. 3. O'qitish va o'qish jarayonlari tavisifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog'liqligi. 4. O'quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 1. ta'lim jarayoni mohiyati va uning vazifalari. Tushunchalar: bilim, ko'nikma, malaka. ta'lim - o'qituvchi va o'quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo'lib, bu jarayonda o'quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko'nikma va malakalar yuzaga chiqadi. ta'lim jarayoni o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga, bundan tashqari ularning fikrlash va ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan ekan, bu tushunchalarning mohiyatini ochishga etibor qaratish lozim. Bilim shakllari xilma-xil Dastlabki olimpiada o'yinlari miloddan avvalgi 776 yilda Yunoniston o'tkazilganligini men bilaman bu o'rinda faktni bilish qayd etiladi. Gimnastika mashqlarining organizmiga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan qator ilmiy faktlar asosida biz tushuncha shaklida ifodalangan fikrga duch kelamiz. Masalan, Gimnastika - organizmga va kishining funksiyalariga ta'sir ko'rsatuvchi maxsus tanlangan mashqlar tizimi. Bilimlarning amalda bir necha bor qo'llanishi ko'nikmalarning hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nika - bu o'zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalanadigan ongli faoliyatdir. Ko'nikma - egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llay olish usullari. Malaka avtomatlashgan, o'rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. Malakalar har xil bo'ladi: o'quv malakalari - o'qish, yozish, og'zaki hisoblash va boshqa; mehnat malakalari - arra yoki bolg'ani ishlata olish, materiallar va mashinalar bilan muomalada bo'lish va hokazo; harakat malakalari - yurish, yugurish, uloqtirish va hoka'zolar. Qobiliyatlar nomi ostida ta'lim jarayonida rivojlanadigan shaxsning psixik xususiyatlari tushuniladi. Bunda shaxsning bir tomondan faol o'quv-bilish faoliyati natijasi sifatida yuzaga chiqsa, boshqa tomondan bu faoliyatni o'muvaffaqiyatli bajara olishning yuqori darajasini ifodalaydi. Qobiliyat - bu mehnat yoki bilish faoliyatining u yoki bu sohasida shaxs muvaffaqiyati garovi. 2. ta'lim jarayonining strukturasi. O'qitish o'qituvchi rahbarligida o'quvchining o'quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo'lgan tarkibiy qismlarga (yoki zvenolarga) ajratish mumkin. O'quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo'lidan borib, bu bosqichlardan o'tishi kerak. O'qitish jarayoni 4 ta asosiy zvenolardan tashkil topgan: 1) o'zlashtirilishi lozim bo'lgan materialni idrok etish; 2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo'lishi; 3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko'nikma va malakalarning hosil bo'lishi; 4) hosil qilingan ko'nikma va malakalarni amalda qo'llash. Har bir zveno uchun o'quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o'qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O'rganilayotgan materialni idrok qilish. O'quvchilarning o'rganilayotgan (yoki o'rganilishi lozim bo'lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o'qituvchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc