ta'lim jarayoni. Didaktika haqida tushuncha Reja: 1. Didaktika haqida tushuncha 2. Talabalar bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni 3. ta'lim jarayoning mazmuni Didaktika haqida tushuncha ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi kism didaktika deb nomlanadi. Didaktika ta'lim jarayonining mohiyati, ta'limni muvaffakiyatli olib borish shartlari, ta'limning vazifasi va mazmuni, ta'limni tashkil etish shakll va usullari, o'quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan shugullanadi Didaktika grekcha «didaktos» so'zidan olingan bo'lib, «men o'kitaman» demakdir. Didaktika barcha o'quv predmetlarini o'qitishning umumiy qonun va qoidalarini belgilab beradi. Talabalar bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni Davrning dolzarb muammolaridan biri talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, ularda muhim kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Oliy majlisning IX sessiyasida Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov oliy ta'lim tizimi oldida turgan muhim vazifalarga tuxtalib, shunday degan edi: o'quv yurtlarimizni bitirib, ta'lim-tarbiya olib chikayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi ko'p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojiga javob bermasligi kuzga tashlanmokda. oliy o'quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berishini aniklab olishimiz kerak. Bu shubxasiz, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga sifat jihatdan yuqori bo'lgan bir kator talablar kuyishni takozo etadi. Shunday ekan, talabalar ta'lim va tarbiya olish jarayonida o'rganishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning sifati ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. Bilim, ko'nikma va malakalarni egallash ta'lim jarayoni negizini xarakterlab, uning asosi, muhim sharti sifatida yuzaga keladi. Shunga ko'ra pedagogika nazariyasi va amaliyotida ushbu tushunchalar fundamental ahamiyatga ega. Bilim, ko'nikma va malakalarning mazmuni hamda ularning shakllanish jihatlari psixologiya, didaktika, xususiy metodika va talabalarning amaliy mashg'ulotlariga oid keng kulamdagi adabiyotlarda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu tushunchalarga kanchalik aniq ta'rif berilganligiga qaramasdan mazkur tushunchalar yana xam chuqurrok o'rganishga va nazariy jihatdan xar tomonlama asoslanishga muhtoj. Pedagogikaga doir adabiyotlarda bilim tushunchasi, odatda, insonlar tomonidan mavjud bilim va hodisalarni, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini bilish maxsuli sifatida baholanadi. (Ped. ensikl.,1965). Bunday ta'rif asosan bilimning falsafiy kirrasini ochishga xizmat qiladi. Didaktika nazariyasida esa bilim tushunchasi, asosan, ikki tomonlama izoxlanadi: talabalar uzlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar hamda ular tomonidan uzlashtirilib amaliy faoliyat jarayonida qo'llaniladigan, shaxsiy xislatlarga aylanib kolgan bilimlar. Biz yuqorida keltirgan birinchi ta'rif ta'lim mazmunini belgilab beradi. Bu bilimlar adekvat xarakterga ega bo'lib, jamiyat hayotida, tasdiklangan moddiy borliqni ifodalaydi. Bilimlar kotib kolgan, uzgarmas hodisa emas, jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar xam uzluksiz rivojlanib, aniklanib, chuqurlashib va baxzan jiddiy o'zgarishlarga uchrab, takomillashib boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo'lgan ushbu omilni hisobga olgandagina ta'lim mazmunining ilmiyligi ta'minlanadi. o'quv predmeti doirasida takdim etiladigan bilimlarni ikki guruhga ajratish mumkin: muvofik tarzdagi fan asoslarini ifodalovchi ilmiy bilimlar hamda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.24 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.24 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc