Ta'lim jarayonida integratsiyalashning nazariy asoslari va falsafasi

Ta'lim jarayonida integratsiyalashning nazariy asoslari va falsafasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida integratsiyalashning nazariy asoslari va falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonida integratsiyalashning nazariy asoslari va falsafasi Reja: 1. Ta'lim jarayonida insonning intelektual rivojlanishi haqidagi ta'lim falsafasi 2. Fanni o'rganishdagi ilg'or g'oyalar, tamoyillar va vazifalar 3. Integratsiyali ta'lim jarayonidagi kuzatish va xulosalar Tayanch tushunchalar:Tashqi birikish, metodologiya, kontenental moslashuv, qonuniyat, nokllassik, ijtimoiylashuv, individ, ideal, dunyoqarash, toifa 1-masala. Ta'lim jarayonida insonning intelektual rivojlanish haqidagi ta'lim falsafasi XXI asr boshida ta'lim falsafasida shunday ustuvor yo'nalish vujudga keldiki, unda insonni yaxlit intelektual rivojlantirish masalasi vazifa qilib qoyilmoqda. Lekin hozirgacha maktab ta'limida amalada bo'lgan predmetli o'qitish shakli ushbu vazifani amalaga oshirishga imkon bermay keldi. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, hozirgi paytda fanlarni integratsiyalab o'qitish haqidagi takliflar faqat tashqi birikish xarakteriga ega bo'lib qolmoqda. Aslida integratsiyali ta'limni ichki mantiqiy bog'lik va chuqurroq metodologik aloqalarga asoslanib amalga oshirish zarur. Shuningdek, hozir vujudga kelayotgan integratsiyali fanlar mazmunida turli falsafiy oqimlarga aloqador g'oyalarning yagona nuqtaga birlashuv ehtimoli tug'ilmoqda. Chunki, endilikda ta'lim falsafasida chegaradosh fanlarning tabiiy moslashuvigina emas, balki kichik kontinental (bir guruhga kiruvchi fanlarning boshqa guruh fanlari bilan) moslasahuvi ham o'zlashtirilmoqda. Rus pedagogik olimlari T. Kun, V.S. Styopinlarning tatqiqotlarida falsafa, tabiat va ma'daniyat haqidagi fanlar integratsiyalash sinab ko'rildi. Ular fizika, kibrnetika ilmlarini anorganik olamdaki hodisalarni tushuntirishga biologiya, ximiya muammolarni hal etishga tadbiq etishni taklif etmoqdalar. Nems olimi Nils Borning kashfiyoti (qo'shimchalik prinsipi) yangi fanlarning rivojlanishiga asos soldi. Hozirgi zamon falsafasida olg'a surilayotgan va integratsiyaning ta'lim zaminini tashkil etuvchi element tarkibiga dunyo qarash unversiyali kiradi. Dunyoqarash univeriyasi fan mazmunini anglash, tushunish moddiy olamni ko'ra bilish imkonini yaratadi. Ma'lumki, komil shaxsning ta'lim-tarbiya jarayonida ijtimoiylashuviga erishish bugungi kunda pedagogika nazariyasi fanining yetakchi muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu muammoni hal etishda individ uchun dunyoqarash unversiyalarini o'zlashtirishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar yaratilgandagina erishish mumkin. Dunyoqarash unversiylari jumlashiga dunyoga umumiy ta'rif beruvchi zaruriy tushunchalar, kategoriyalar kiradi. Ular moddiy olamdagi tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan universal ma'noda qo'llanish imkoniga ega. Masalan, kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, oqibat, zaruriyat, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshqalar, go'zallik, ong, ishonch, adolat, tenglik, haqiqat. Diferensiyalangan ta'limda unversiyalar uning barcha qonuniyatlarini qamrab oladi. Unversiyalarning o'zlashtirilishi boshqa fanlarning o'zlashtirilishiga ham asos bo'ladi. Yana ma'danityat unversiyalari ham borki, ular turli ijtimoiy ma'daniy yo'nalishlarda asos bo'ladi. Bunday ta'lim falsafasi moddiy olamni ma'naviy o'zlashtirishiga yordam beradi. Uni adabiyot, san'at, tarix fanlarini integratsiyalab o'qitish vositasida amalga oshirish mumkin. Kundalik fikrlash, ma'naviy olamni anglashda falsafiy ma'naviyat universiyalari yordam beradi. Falsafa maydonida dunyoni umumiy ta'riflovchi tushunchalar olamni anglash obyektiga aylanadi. Ular asosida ma'daniyat unversiyalardan foydalanib, fikriy tajribalar o'tkazish imkoniyati tug'iladi, fikrlashning ideal yo'nalishlari ham belgilab olinadi. Hozirgi davr pedagogik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga