Ta'lim jarayonida interfaol metodlar

Ta'lim jarayonida interfaol metodlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida interfaol metodlar - rasmi

Material tavsifi

ta'lim jarayonida interfaol metodlar Reja: 1. Interfaol usullarning mohiyati 2. Didaktik jarayon loyihasining interfaol metodlarining ahamiyati 3. Interfaol metodlarning turlari 4. ta'lim jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati 1. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortikcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda malum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o'z mohiyatiga ko'ra subyektiv xususiyatga ega, yani, xar bir pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini o'z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chikkan holda ijodiy tashkil etishi lozim. qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan katiy nazar pedagogik texnologiyalar: - pedagogik faoliyat (ta'lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni karor toptirishi; - o'quvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarning egallanishini ta'minlashi; - o'quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishi; - o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini ruyobga chikara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi; - pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan kullanilayotgan ilg'or texnologiyalardan maqsadga muvofik. foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofikdir. 2. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda ko'rish talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo'yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o'qitish metodlari yordamida tashkil etish demakdir. o'qitish metodlari o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra malum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo'ladi. Ularning samaradorligi to'g'risida fikr yuritilganda o'qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yunaltira oladigan, o'qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatini ta'minlash asosida jamiyat tomonidan OUYu (maktab, kasb-hunar kolleji) oldiga kuyilayotgan maqsadga nechoglik erishilayotganini kuzda tutish kerak. Yoxud o'qitish metodlari bevosita ta'lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir. «o'qitish metodi dastlab pedagogik ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida muvjud bo'ladi. Bu loyiha amaliyotga o'qituvchi va talaba faoliyatlarining o'zaro tutashuvi tekisligida, o'qitish va o'qishning aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metodning boshqa namoyon bo'lishi shakllari yuk, sababi umumiy holda o'qitish metodi uzida faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi». Pedagogik nashrlarda o'qitish metodlarini faol vas ust guruhlarga ajratish xollari mavjud. Agar xar bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o'z o'rnida ishlatilsa, shubxasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar xam darsda talabalar faolligining yuqori darajasini ta'minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga karatiladi. Shu boisda bu faslda xali pedagogik amaliyot uchun notanish bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga