ta'lim jarayonida interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi Reja: 1. Muammoli ta'lim texnologiyasi 2. II. O'qitishning amaliy metodlariga 3. II. ta'limning ko'rgazmali metodini 4. Maktab ma'ruzalaridan 5. Tushuntirish Ilgaridan loyihalashtirilgan ta'lim - tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o'zida metod va usullar tizimini, ta'limning metodik usullarini, o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatish imkoniyatlari va vositalarini, o'quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy natijalarga erishishni kafolatlaydi. Yangi pedagogik texnologiyalarni tuzishda an'anaviy ta'lim va tarbiya metod va usullaridan qanday foydalanish mumkin. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yangi uyni qurmasdan eskisini buzmaylik iborasi ta'lim tizimiga ham bevosita taalluqlidir. O'quvchilar bilan an'anaviy o'qitish usulida bevosita aloqa, og'zaki so'rov, yozma ishlar olish, insho olish, mustaqil ishlar, rasm chizish, chizmachilik, amaliy ishlarni qog'oz, yog'och, yung, metall, plastmassa materiallaridan tayyorlash, sher, monologlarni og'zaki bayon etish va boshqalarni albatta, ta'lim texnologiyasi metod va usullari bilan qo'shib foydalanamiz. Chunki har qanday interfaol usulini olib qarasak, (Munozara, Klaster, Ajurli arra yoki Kichik guruhlarda ishlash), hammasi an'anaviy ta'lim metod va usullarini qo'llashni talab etadi. Bu fikrimizning isbotini o'quv qo'llanmaning uchinchi qismida guvoh bo'lasiz. Hozirgacha o'qituvchi - pedagoglarimiz tomonidan foydalanib kelingan va hozir ham darsda foydalanishga aksariyat o'qituvchilar qo'llayotgan an'anaviy metod va usullar haqida qisman to'xtalamiz: O'quv jarayonining sifati ko'p omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida o'qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metod va usullar o'quvchilar tomonidan bilimlarni ongli va chuqur o'zlashtirishiga, ularda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga yordam beradi. O'qitish metod va usullarini tanlashda o'qitiladigan fanning xarakteri, bolalar va talabalarning yoshlik xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi. ta'lim metodlari va usullarini tanlash o'qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo'ljallangan masalaga bog'liq bo'ladi. Yani yangi materialni bayon etishda bir xil metod va usul qo'llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo'llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o'ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir. Shunday qilib, o'qitish metodi o'qituvchi va o'quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo'lidir. an'anaviy o'qitish metodlarini bilish manbalari bo'yicha quyidagi uch guruhga bo'linadi: Og'zaki metodlar (bilimlarni so'z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash). Ko'rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar). Amaliy metodlar (mashqlar, labaratoriyadagi, maktab tajriba yer uchastkasidagi amaliy ishlar). Har bir o'qitish metodining o'z vazifasi bor. O'qitish metodlarining rag'batlantiruvchi (motivlashgan), ta'limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi umumpedagogik vazifalarni bajaradi. Biz o'qitish metodlarini sanash orqali o'qitish metodlaridan I. Yangi bilimlar berish metodi haqida to'xtalmoqdamiz. Bu metod o'z vazifasiga ko'ra tushuntirish, hikoya, maktab ma'ruzasi kabi metodlar yig'indisidir. Quyida shu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc