Ta'lim jarayonida ko'rgazmali vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: Ko'rgazmalilik-didaktik tamoyillari asosida Zamonaviy ta'lim vositalarining turlari va tavsifi. O'quv xona doskasiga chiziladigan rasm. O'qitishning axborot-texnika vositalari. O'quv videofilmi va undan foydalanish metodikasi Tayanch so'z va iboralar: Ko'rgazmalilik tamoyili, ta'lim vositalari turlari, yassi tasviriy ko'rsatma, hajmiy tasviriy ko'rsatma, maket, model, grafik organayzerlar, haqiqiy namunalar, o'quv xona doskasiga chiziladigan rasm, o'qitishning axborot texnik vositalari, o'quv videofilmi, o'quv videofilmini namoyish qilish metodikasi. Ko'rgazmalilik-didaktik tamoyillari asosida Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko'rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko'rgazmali metodlardan foydalanish zaruriyati ko'rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko'rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko'rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta'minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma'lum bo'ladiki, shaxs tomonidan o'zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari yordamida o'zlashtiriladi. Demak, o'zbek xalqi tomonidan ko'p bora qo'llaniladigan YUz marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo'l keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida to'laqonli ma'lumot berishda keng qo'llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatlari) ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Ko'rsatish ko'p holatlarda o'rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa o'quv xonasi doskasiga chizish yoki o'qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko'rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko'proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo'lavermaydi. SHu bois o'qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun'iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, dastgohlar bilan ishlab chiqarish korxonalarida tanishish) yoki sun'iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar) dan foydalaniladi. Bu metod yordamida o'qituvchi ta'lim oluvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o'rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so'z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo'naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko'p jihatdan o'qituvchini ko'rgazmali materialni ta'lim oluvchining tayyorgarlik darajasiga mos holda to'g'ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo'naltirishiga bog'liqdir. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq bo'lsada, didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari - chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi. Namoyish va tasvir metodlari o'zaro bog'liqlikda bir-birini to'ldirgan holda qo'llaniladi. Agar hodisa va jarayonni ta'lim oluvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo'lsa namoyishdan foydalanish, agar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.74 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.74 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc