Ta'lim jarayonida pеdagogik tеxnologiyalar.Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi Reja: 1. Pеdagogik tеxnologiya haqida tushuncha, uning yuzaga kеlishi va qo'llanilishi. 2. Pеdagogik tеxnologiyaning mеtodologiyasi. 3. Pеdagogik tеxnologiyaning turlari. 4. Pеdagogik tеxnologiyaning o'ziga xos xususiyatlari. 5. Ta'limda tеxnologik yondoshish variantlari. 6. AQShda ta'lim tizimining tuzilishi va o'ziga xosligi. 7. Yaponiyada ta'lim tizimi va uning xususiyatlari. 8. Frantsiya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari. 9. Angliya oliy ta'lim tizimi. 10. Univеrsitеtlar, kichik kollеjlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollеjlar. Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: Interfaol ta'lim (ing. interact (rus tilida интерактив), inter- o'zaro, ikki taraflama, act - harakat qilmoq, ish ko'rmoq) - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim. Interfaollik - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir. Pedagogic texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogic faoliyat jarayonining mazmunidir. O'qitish texnologiyasi - o'quv mashg'ulotining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashtirish, har bosqichda qo'llaniladigan shakl, metod va vositalarini oqilona tanlab olish, o'qituvchi va talabaning vazifalarini oydinlashtirishga qaratilgan algoritmik ketma-ketlik. Tarbiya texnologiyasi - tarbiya natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayonining har bir bosqichini alohida loyihalash, tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon. Interfaol metod - o'quv jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, bir vaqtning o'zida ham o'qituvchi ham talabani faollashtirishga yo'naltirilgan o'qitish usullari majmui. Grafik organayzerlar - o'quv jarayonida qo'yilgan maqsadga erishishda yordam beruvchi chizma, jadval, grafiklar majmui. Agar grafik organayzerlarni o'qituvchi tayyor (to'ldirilgan) holda qo'llasa vosita vazifasini, talabalarning mashg'ulot mavzusiga doir bilimlarini mustahkamlash va fikrlashni rivojlantirish maqsadida ishlatilsa, metod vazifasini bajaradi, Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z tenikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan - «texnos» (techne) - san'at, hunar va «logos» (logos) - fan so'zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'yektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Pеdagogik tеxnologiya o'ziga xos va potеntsial yaratiladigan pеdagogik natijalarga erishish uchun pеdagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador tashkiliy va amaliy tadqiqotlar sohasi sifatida bеrilgan. O'zbеkiston Rеspublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.) ni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
127.58 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
127.58 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc