Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxsi

Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxsi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxsi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxsi Reja: O'quvchi shaxsi ta'lim jarayonining obyekti va subyekti sifatida. Shaxs qiyofasining tuzilishi va uning to'rt darajasi: temperament, psixik jarayonlarining o'ziga xosligi, tajriba va shaxs yo'nalganligi Texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyalar tushunchasining paydo bo'lishi. Bilim, ko'nikma va malaka (BKM). Aqliy harakat usullari (AHU). PTning nazariy asoslari. Pedagogik texnologiya nim? Nega bu so'z birikmasiga yangi so'zini qo'shimcha qilib, yangi pedagogik texnologiya deb aytamiz? U nima uchun bugungi ta'lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta'lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o'quv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur? Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo mamlakatimizda «Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo'nalishlarini anglab olmoq lozim. Bu yo'nalishlar: ta'lim mazmunini, tizimini isloh qilish; ta'lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish; ta'limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; ota-ona, o'qituvchi-o'quvchining ta'lim jarayoniga bo'lgan yangicha qarashlarini shakllantirish; va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuch-yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Yangi ta'lim tizimi, mazmuni, o'quv reja, darsliklar asosida o'quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashishni tashkil etish zarurati tug'ilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga etilishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog'liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchi navbatda ta'lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtiri, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko'nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi-ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni ham kiritish g'oyasi kun tartibiga ko'ndalang qilib qo'yildi. Bu g'oyani ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro'yobga chiqarishi mumkin: -faoliyat turlari moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma'naviy; -ijtimoiy ong shakllari axloq,san'at, siyosat, falsafa va boshqalar; -ijtimoiy munosabatlar tizimi moddiy va mafkuraviy; -moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar. Ta'lim mazmuni, uning komponetlari, tarkibi, vazifalari haqida so'z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o'rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o'z yechimini topganicha yo'q. Ayniqsa darslik va o'quv qo'llanmalarida terminologik qat'iylik, birqiymatlilikka erishish kerak. Buning sababi shuki: -birinchidan, darslik va o'quv qo'llanmalarida fan erishgan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi, bu esa bizga uning amaliyotgan ta'sirining xarakterini tashxis qilishimizga imkon beradi; -ikkinchidan, darslik va o'quv qo'llanmalari ona tili terminologiyaning yuksak darajadagi namunasini ko'rsata olish mahoratiga ega bo'lgan olimlar tomonidan yaratiladi. Darslik va o'quv qo'llanmalar tili ularni o'qiydigan kitobxonlar o'quvchilardan tashqari talabalar, o'qituvchilar, metodistlar, olimlar, ota-onalar savodxonligiga bevosita ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga