Ta'lim jarayonida test texnololgiyasining afzalligi

Ta'lim jarayonida test texnololgiyasining afzalligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida test texnololgiyasining afzalligi - rasmi

Material tavsifi

ta'lim jarayonida test texnololgiyasining afzalligi Reja: Testning rivojlanish tarixi. Testlarning turlari Test topshiriqlariga qo'yiladigan didaktik talablar. Testlardan foydalanish texnologiyasi. Tayanch iboralar: Test, pedagogik testlar,psixologik testlar,test sinovlarining afzalliklari, AQSHda test tizimi,test turlari,testlarga talablar. Test (ingl. - sinov birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o'quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qullanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo'nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar :ham qo'llanila boshlandi. Bunday metodlar o'z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o'quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo'nalish: aqliy (intelektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qullash hamda o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini ba:holashga mo'ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qullash so:halari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarining aqliy (intelektual) qobiliyatlarini o'rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi tug'risida xulosa chiqarishga olib keladi. Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o'tilgan darslarni o'zlashtirish darajasn tug'risida, ham navbatda o'rganilishi lozim bo'lgan dars hajmi tug'risida o'qituvchiga axborot berish; o'qituvchiga o'qitish metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O'quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruhlarga ajratishga o'rganib ko'rilgan. Ch.Grin (1926) uzining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko'rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi. - test sinovlari uchun mo'ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; - mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo'li bilan aniqlash; - o'quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o'rtacha tezligi to'g'risidagi amaliy ma'lumotlarni etiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; - test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining To'g'riligini va mantiqqan muvofiqligini tekshirish; - topshiriqlarni murakkabligi ortib barit tartibida joylashtirish, tug'ri va notug'ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yul quymaslik. Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o'rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi tug'risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi o'quvchilarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni- quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o'rganish zarurligini ta'minlashda; o'quvchilarni guruhlarga taqsimlashda; o'qitish jarayonida sodir bo'ladigan qiyinchiliklarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.97 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.97 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga