Ta'lim jarayonida texnologik yondashuv tamoyillari

Ta'lim jarayonida texnologik yondashuv tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida texnologik yondashuv tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonida texnologik yondashuv tamoyillari Reja: 1. Pedagogika fanining taraqqiyot manbalari. 2. Pedagogik texnologiyaning ta'lim sohasidagi mexanizmlari. 3. Pedagogik texnologiyaning bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi. 4. Pedagogik texnologiya prinsiplari va ularning qo'llanilishi. Asosiy tushunchalar: ta'lim, taraqqiyot, ta'lim sohasidagi mexanizmlar, prinsip. Hozirgi davr pedagogika fani ma'lum bir yuksalish bosqichiga ko'tarilmoqda. Buning albatta, obyektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo'lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo'lgan. Demak ta'lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Zamonaviy pedagogika bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda. Milliy mustaqillik qo'lga kiritilishi bilan istiqbol yo'li, milliy g'oya va mafkura aniq qilib belgilab olindi. ta'limi-tarbiya sohasida aniq maqsad va vazifalar, uni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqildi. Davlatimiz Prezidenti I.Karimov barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida bir qator asarlarida bu masala davlat siyosatida ustivor masala ekanligini bir necha bor ta'kidlab o'tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, ma'naviy qadriyatlarlar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo'lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ushbu maqsad ko'rsatilgan.Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, ma'naviyatli, ma'rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta'lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o'quvchilarni turli kasb -hunar kollejlari, akademik litseylarda tahsil olishlarini ta'minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Masalan, ushbu o'quv muassasalari uchun davlat ta'lim standartiga muvofiq keluvchi o'quv dasturlari va darsliklar, o'quv qo'llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog'i lozim. O'quv -tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o'laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o'zlashtirish va ta'lim jarayonida qo'llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Albatta, ilg'or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta'limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo bo'lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo'lga kiritgan. Bugungi kunda pedagogika sohasidagi ilg'or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o'zlashtirish, ularni o'z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqish zarur muammoga aylandi. Bu muammoni hal etish hozirgi kungacha shakllanib kelgan ta'lim-tarbiya sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarni o'rganishni taqozo etadi. Pedagogik texnologiya ta'lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir: -ta'lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo'lgan qiziqishni orttirish; -ta'lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish; -izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantirish, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga