ta'lim jarayonida tolerantlikni shakllantirish muammolari T.X.AKBAROV, U.B.ORUNBAYeV, KGPI BatDU, Qirg'iziston Tolerantlik ko'p millatli jamiyatda ijtimoiy tenglikka etishish hamda jamiyatda tinch-totuvlikni saqlashning asosi bo'lib, diniy, madaniy, hayot tarziga ko'ra farqlarining borligini tan olish, o'z madaniyatini ikkinchi bir madaniyatdan ustun qo'yishdan voz kechish hisoblanadi. Tolerantlikni tarbiyalashning psixologiyasini chuqurroq anglash uchun inson psixologiyasining tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib beruvchi nazariyalarga to'xtalib o'tish lozim. Psixologlar orasida birinchi bo'lib J.Kelli 1955 yilda har bir odamning dunyoni o'zicha, o'zi xohlaganday tushunishga xaqliligi, har bir odam o'z hayotida bo'layotgan voqealar oqimini o'zining tushunchasi orqali qarashi va baholashi g'oyasini ilgari surgan. Inson har bir voqeaning mazmunini o'zi aniqlaydi. Voqea inson tomonidan idrok qilingandan keyingina odamga ta'sir eta boshlaydi. Odam o'zi duch kelgan turmush qiyinchiliklarini o'zining ana shu qiyinchiliklar to'g'risidagi tushunchasini o'zgartirish orqali engib o'tadi. Psixologiya faniga J.Kelli kognitiv murakkablik tushunchasini kiritgan. Kognitiv murakkablik insonning atrofdagi odamlarni va o'zini idrok qilishiga katta ta'sir etadi. Insonda tolerant ongni va xulq-atvorni shakllantirish uchun uning kognitiv murakkabligiga ta'sir etish va uni oshirish zarur. Tolerantlik - bu boshqa odamning nuqtai nazarini tushunishga va u odam bilan faoliyat olib borish uchun intilishga asoslangan xulq-atvordir, turli bahs-munozara, tortishuv va nizolarni hal etishda tolerantlik talab etiladi. Tolerantlik to'rt tuzilmadan iborat bo'lib, ularni shakllantirish tolerantlikni tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi. Tolerant insonni shakllantirish uchun tolerant yo'nalishdagi ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish, o'zini boshqa odamlar bilan tinch-totuv yashashga o'rgatish lozim. Tolerantlik yo'nalishdagi ijtimoiy ko'nikmalar - bu odamlar bilan to'g'ri muomalada bo'lish, urush-janjalli vaziyatlardan chiqa olish, odamlar bilan til topisha olish, ijtimoiy-psixologik vazminlik, ijtimoiy sezgirlik, empatiyaga moyillik, bag'rikenglik, boshqa odamlarning yaxshi tomonlarini baholay olishdir. G.V.Soldatova amaliy psixologiyaning kontekstida tolerantlikka psixologik vazminlikni shakllantirish sifatida qarab, «tolerantlikni tarbiyalashni psixologik vazminlikning har qanday shakllarini rivojlantirish, o'zini boshqara olish psixologik vazminlikka erishish qobiliyatlarini rivojlantirish sifatida tavsiflangan. Yosh avlodda tolerantlikni tarbiyalash quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1). Dunyodagi barcha narsalarning (yer sharidagi materiklar, davlatlar, ularda yashovchi xalqlar, hayvonlar, o'simliklar va b.) turlicha ekanligini tushuntirish. 2). Millatlarni irqi, dini, hayot-tarzi har xil ekanligini tushuntirish. 3). Millatlar bir-biridan farq qilishini tushuntirish. 4). Kishilardagi o'zgachalikka bag'rikenglik va sabr bilan munosobatda bo'lish. 5). Fuqarolarni o'zaro tinch-totuvlikda yashashga o'rgatish. 6). Yoshlarga mas'uliyatni sezgan holda, javobgarlikni yuqorilatish yo'nalishida tarbiya berish. 7). Yosh avlodda vazminlikni kuchaytirish, bag'rikenglik, sabrlilik, chidamlilik kabi xususiyatlarni tarbiyalash. Tolerantlikni tarbiyalash uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: Boshlang'ich sinfdan boshlab o'quvchilarga odamlar har-xil bo'lishi, ular bilan yaxshi muomala qilib yashash kerak ekanligini tushuntirish. Har bir narsa o'zini takrorlanmas, qadrli xususiyatlariga ega ekanligi, shuning uchun bunga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak ekanligini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc