Ta'lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi

Ta'lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi va psixologik trening tamoyillari Psixolog N. Yu. Xryashyeva 1982-yil LDU ning ijtimoiy-psixalogiya kafedrasida asistent bo'lib ishlash davrida, guruhlarga ijtimoiy psixologik treninglarni o'tkazish bo'yicha Leypsiklik mutaxassislar professor Manfred Forverga va uning turmush o'rtog'i Traudl Albergga shogird bo'lib o'tgan. Vaqt o'tgach ijtimoiy psixologik treninglar o'tkazish bo'yicha Bird o'z tajribasini psixologlarga o'rgata boshladi. 1990 - yilda I.A.Petrovskaya va Yu.N.Yemelyanovlar S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativ treninglari dasturini ishlab chiqishni boshladi. Bu vaqtda S.I.Makmanov treningni asosi bo'lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug'ullanayotgan va bu metodlar barcha soha mutaxassislarida qo'llanilganda muvaffaqiyatga erishishini bilardi. Trening Instituti 1993 - yil mart oyida tashkil topgan. Trening Innstituti trening sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash yo'nalishidir. Trening Institutida o'z malakasini oshirish sohasidagi yangi bilimlarni egallash maqsadida 3 bosqichdan iborat bo'lgan metodik mashg'ulotlarni o'qib o'rganishadi. Psixologik treninglarni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Faollik tamoyili Bu tamoyil ko'proq eksperimental psixalogiya asosida quyidagi g'oyaga bo'ysunadi: Inson eshitganlarining 10 % ni, ko'rganlarining 50%ni, aytib berganlarning 70%ni va nihoyat o'zi qilganlarining 90%ni birlashtiradi. Ijodiylik tamoyili Bu tamoyiln ing asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixalogiyada aniq bo'lgan, kashf etib ulgurilgan g'oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o'zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar. Xulq - atvor obyektivlashishi (anglab yetilishi )tamoyili. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq - atvori impulsivlikdan obyektivlik darajasiga o'tadi va trening o'zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq - atvor obyektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta'minlash trenerning mas'uliyatidir. Sheriklik muloqoti tamoyili Sheriklik yoki subyekt - subyektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his tuyg'ulari, qayg'ulari, boshqa insonning qadr qimmati deb tan olinadi. Ushbu ning qo'llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. Ta'lim jarayonida trening psixogimnastikasi va qonunlari Mashqlarning tanlanishi. Yo'riqnoma. Treningning samaradorligi doimo tushunarli qilib yetkazishga bog'liq bo'ladi. Yo'riqnomani tushuntirish mobaynida trener navbatma - navbat har bir ishtirokchiga qarshi va vizual kontakt o'rnatishi lozim. 3. To'xtatish va muhokama. Muhokamada mashq nimaga yo'naltirilganiga qarab, savollar beriladi va trener tomonidan yakunlanadi. Mashq davomida trener o'zi kuzatgan holatni ishtirokchilar duch kelgan qiyinchiliklar yoki ular erishgan yutuqlar haqida ham so'zlab berishi mukin. Muhokama vaqtida ulardan samarali foydalanishi lozim. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga