ta'lim jarayonida uchraydigan ziddiyatlar va ularning oldini olish shartlari Reja 1.ta'lim jarayonida ziddiyatlar va muammoli ta'lim. 2.Muammoli ta'limning muvaffaqiyatli va uning omillari 3.Muammoli darslarda o'qituvchining faoliyati, mavzu mazmunidan kelib chiqgan holda o'quv muammolarini aniqlash 4.Muammoli mashg'ulotda ziddiyatli vaziyat bo'lishi 5.Adabiyotlar Muammoli ta'lim deyilganda -o'qituvchi (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, Mazkur muammo o'quvchi talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim,ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayoni tashkil etish nazarda tutiladi.Shuningdek ,muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi (pedagog) tomonidan o'quvchi-talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq; 1.O'quv materialini muammolashtirish 2.O'quvchi-talabalarning bilish faoliyatining faollashtirish 3.Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish 4.O'qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish 5.Muammoli vaziyatni hal qilish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va ketma-ketlikda o'quvchi -talabalarga bayon etish Muammoli vaziyatlarni hal etishda yuritishning mantiqiy operasiyalari -tahlil ,sintez,taqqoslash analogiya,umumlashtirish,tasniflash va xulosa yasashga yo'naltiradi Muammoli vaziyatlardan o'quv jarayo- ninig barcha bosqichlarida ;yangi mavzu bayoni , mustatkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. O'quvchi-talabalar o'z oldilariga turgan masalaning yechimini topa olmaydi,muammoli savol yuzaga kelganda unga o'z vaqtida javob bera olmaydi,ya'ni mavzuni tushunishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi Muammoli ta'limotdan foydalanishdan maqsad ta'lim jarayonini takomillashtirib , uni bir pog'ona yuqoriga ko'tarishdir.Bunda eng avvalo o'qituvchi materialni shunchaki bayon qilmasligi va o'quvchilarga tayyor xulosalar hamda umumlashmalar ni aytib bermaslik kerak .Balki ularning fikrini o'rganilayotgan obyektga jalb etishi shart.Demak,o'zining tarbiyalanuvchilariga olgan bilimlarini kuzatilgan hayotiy faktlar va voqealar bilan qiyoslashi shu asosda to'g'ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishni o'rgatishi lozim M .Skatkin muammoli ta'limning quyidagi 3 ta asosiy ifodalanadi 1.Bilimlarni muammoli bayon qilish.Bunday bayon qilishda o'qituvchi o'quvchilarga u yoki bu qoidalarni faqat gapirib bermaydi , balki og'zaki fikr yuritib , muammoni ham aytadi va uni hal qilish jarayonini ko'rsatadi. 2. Bayonning ayrim bosqichlaruda o'quvchilarni izlanishga jalb etish .Bunda o'qituvchi muammoni o'yadi, o'quv materialini tushuntiradi,lekin ana shu jarayonda o'quvchilarga ulardan izlanish jarayoniga qo'shilishni va u yoki bu bilish vazifasini mustaqil holda hal etishni talab qiladigan savollarni beradi. 3.Ta'limning tadqiqiy metodi.O'quvchilar bilish muammosini anglab, o'zlari izlanish rejasini belgilaydigan, taxminni tuzadilar, uni tekshirish yo'lini muxokama qiladilar, kuzatish va tajribalarni va faktlarni taqqoslatdilar,umumlashtiradilar Muammo-ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini subyektiv shaklidir.U muammoli vaziyatning ,yani jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o'rtasida obyektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat Muammoli vaziyat-o'quvchining ma'lum psixik holatidir.Bunday holat topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash o'quvchilarda predmet to'g'risidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: pptx