Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv

Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv Reja: 1.Ta'lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv. 2.Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi. 3.Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning sinonimlari va evolyutsiyasi. 4. Pedagogik jarayonda shaxsga yo'naltirilganlikning mohiyati. Inson bioijtimoiy mavjudot bo'lganligidan uning biologik ehtiyoji barobarida ijtimoiy ehtiyoji ham mavjud. Biologik ehtiyojlar kishining biologik tabiatidan kelib chiqadi. Tirik mavjudot sifatida hayotni saqlab qolish uchun talab etiladigan zaruriy ehtiyoj biologik ehtiyoj deyiladi. Bularga yeb-ichish, nafas olish, xavf-xatardan saqlanish, nasl qoldirish kabilar kiradi. Ijtimoiy ehtiyojga kishining ijtimoiy taraqqiyoti natijasida vujudga keladigan fikr yuritish, fikr almashish, bilim olish, mehnat qilish, zavqlanish sevish va sevilish kabi ehtiyojlar kiradi. Ehtiyojni qondirish ustida ma'lum vaqt fikr-mulohaza yuritilgandan keyin ehtiyoj yoki inkor qilinib bostiriladi, yoki unga yetishish maqsad qilib qo'yiladi. Maqsad va uning ko'rsatkichlari aniq bo'lgandan keyin, unga yetishish usullari tizimi izlab topiladi va harakat boshlanadi. Shunda maqsad ko'rsatkichlari bilan harakat paytida o'z mavjudligini namoyon qiluvchi qonunlar yig'indisi ushbu faoliyatning metodologik asosini ya'ni amal qilinishi shart bo'lgan tamoyillar majmuini tashkil qiladi. Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini o'qituvchilarga yaxshi tanish bo'lgan didaktika tamoyillari tashkil qiladi. Ularga: ta'lim-tarbiya jaryonida ta'lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; har bir bilimni ilmiy asoslab berish; bilim berishda o'quvchining imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish; bilim berishda mumkin qadar ko'proq ko'rgazmali vositalardan foydalanish; bilim berishda muntazamlilik va davomiylikni saqlash; o'quv jarayonini mehnat jarayoni bilan qo'shib olib borish; ta'lim va tarbiyaning tizimli, izchil bo'lishi va uning birligi tamoyillari kiradi. Texnologik sxema - texnologik jarayonni shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog'liqliklarni ko'rsatish. Texnologik xarita - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko'rinishida (ko'pincha grafik shaklda) qo'llaniladigan vositalarni ko'rsatib jarayonni tasvirlash. Adabiyotlarda va maktablar ishlari amaliyotida pedagogik texnologiya termini pedagogik tizim tushunchasi sinoniumi sifatida qo'llaniladi. Sistema tushunchasi texnologiya tushunchasidan ko'ra kengroq bo'lib, faoliyatning obyekti va subyektlarini ham o'z ichiga oladi. Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangi¬lanishi, ko'plab agarda ikkilanishlarining yo'qligi bilan farq qiladi (agarda iste'dodli o'quvchi bo'lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar). Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o'quv predmeti, o'quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko'rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o'quv dasturlar, o'quv qo'llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o'quv rejalari va o'quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg'ulot o'tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o'rganiladigan predmetlar xarakterining asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadilar. Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu o'quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini - o'quv jarayoni grafigi; ishchi o'quv reja; fanning ishchi o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga