Mavzu: Ta'lim jarayoning umumlashgan pedagogik texnologiyalari REJA: 1. O'qitishning umumlashgan texnologiyalari to'g'risida tushuncha. 2. O'qitishning ko'rgazmali texnologiyasi. 3. Muammoli ta'lim texnologiyasi. 4. Dasturlashgan va differensiallashgan ta'lim texnologiyalari. Fan va texnikaning jadal rivoji, ta'lim tizimining tubdan islohoti kasbiy tayyorgarlikka bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Ko'rgazmali - tushuntiruvchi, muammoli dasturida ta'lim va tarbiya jarayonida mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxs tarbiyasiga e'tiborni qaratish ta'kidlangan Pedagogik texnologiya ,pedagogika fanlari doktori N.Azizxo'jayevaning ta'rifi bilan aytganda, pedagogik faoliyatni bosqichma-boshqich amalga oshirib , ta'lim va shaxsning barkamol bo'lishi, taraqqiy etishiga qaratilgan maqsadga erishishning tizimli loyihasidir. O'qitishning ko'rgazmali texnologiyasi. Ma'lumki , o'quv ma'lumotlari o'qituvchi-o'quvchi hamkorligida qo'lga kiritiladi. Har ikkala umumlashtirish, mustahkamlash , amalda qo'llash kabi psixologik jarayonlaeda amalga osgadi. Ko'rgazmali-izohli ta'lim texnologiyasi - bu ko'rgazmalardan foydalanib ma'lumotlarni izohlashga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyasidir. Insonning borliqni idrok etishida sezgi organlarining o'rni beqiyosdir. Biz ko'rib, eshitib, tanib, hidlab predmetlarni anglaymiz, ajrata olamiz. Insonning shu xususiyati hisobga olingan holda ta'lim jarayonida ko'rgazmali texnologiya qo'llaniladi. Bu texnologiya o'quvchi o'rganayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok qilishiga, ularni kuzatib mushohada qilishga undaydi. Bugungi kunda ta'lim jarayoniga an'anaviy ko'rgazma vositalari bo'lgan : a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar - rasm, surat, fotosurat, kinofilm va hoka'zolar. b) buyum, narsa, hodisa va voqelarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar - jug'rofiya va tarixiy kartalar, chizmalar, jadvallar, diagramma va hoka'zolar. Ko'rgazmali vositalardan foydalanishdan oldin talabalarga vositani qo'llash maqsadi qisqacha tushuntirilib, material bayoni paytida namoyish etiladi. Ko'rgazmali vosita o'qituvchi tomonidan namoyish etiladi. Agar ko'rgazmali materiallar yetarli bo'lsa talabalarga tarqatish ham mumkin. Muammoli ta'lim texnologiyasi. Muammoli ta'lim texnologiyalari o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta'lim o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli ta'limning bosh maqsadi O'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to'liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o'rgatishdan iborat. Muammoli ta'limni amaliyotda qo'llashda asosiy masalalardan biri o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o'quv fanlari bo'yicha o'qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko'zda tutishlari kerak. Muammoli vaziyat yaratish usullari: O'quvchilar fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma'lumotlarni o'zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirishi kerak. Ana shu maqsadda o'qitishni o'quvchilarning u yoki bu shakldagi ta'limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o'quvchilar uchun kashfiyotlar bilan tugaydigan, ya'ni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
751.42 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
751.42 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: pptx