ta'lim jarayonini boshqarish. ta'lim va aqliy taraqqiyot. ta'limni individuallashtirish Reja: ta'limni va bilimlarni o'zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari. Boshqarishning metodologik va nazariy asoslari. Chet el psixologiyasida ta'lim va taraqqiyot muammolari. O'qish tiplari va ularning o'ziga xos xususiyatlari. ta'limni individuvallashtirishda diagnostik metodikalardan foydalanish. ta'lim - juda keng manoga ega bo'lib, u bilim, ko'nikma va malakalarni uzlashtirish, o'rganish, o'rgatish jarayonidir. Bu ta'rif hozirgi zamon ta'limi uchun etarli emas. Chunki hozir mustaqillik davrida ta'lim uzining mazmuni bilan o'quvchilarga bilim, ko'nikma va malakalar berish bilan birga, o'quvchilarni hozirgi zamon ruhida milliy kadrlar, jahon madaniyati va maorifining ilg'or g'oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layokatli qiluvchi ta'lim xamdir. ta'lim ikki tomonlama jarayon; 1-dan, o'quvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan, 2-dan, o'quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir. Demak, ta'lim jarayoni o'rganish va o'rgatish, urganib olish va uni hayotga tadbiq etish xususiyati bilan izoxlanadi. o'rganish (o'qitish) - bu ukutuvchining o'quvchilarga bilim, ko'nikma va malakalar berish, ularda yangi xakikatni ochishga kodir bo'lgan ijodiy, mantikiy tafakkurni tarbiyalashdir. o'rganish- bu o'quvchilarning o'qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, kabul qilishlari jarayoni, uzlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu passiv mushoxada jarayoni emas, balki o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda qayta ishlash jarayonidir. o'rganishning asosiy mohiyati shundaki, bunda - o'qish jarayonida o'quvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish ko'nikmasini o'z ichiga oluvchi aqliy va jismoniy mehnat elementlarini uziga sindiradi. ta'limning muvaffakiyati o'quv materiallarning mazmunigagina, ta'lim usullarigagina emas, balki u ko'p jihatdan o'quvchining qanday ukiyotganligini bilishga, yani o'quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofik malakalarni uzlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga xam bog'liqdir. o'qish jarayoni - o'quvchining o'ziga xos xususiyatlariga xam, uning psixik rivojlanishining (aklliy, zmokional, irodaviy jihatdan) individual tavsifnomasiga, unda o'qishga nisbatan karor topgan munosabatlariga, uning kizikish-havaslariga bog'liqdir. boshqacha qilib aytganda, ta'lim jarayoni o'quvchiga nimani va qanday qilib uzlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, yani sirtdan ta'sir kiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o'quvchining individual-psixolok xususiyatlariga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. ta'limni ijodiy uzlashtirish, o'rganish, bilim egallash 3 omilga: Nimani o'qitishga; Kim ukitadi va qanday o'qitishga; 3 Kimni o'qitishga bog'liq. holda: o'qitish xarakteri uzlashtirilayotgan materiallarga, uning mazmuniga va qanday tizimda yetkazib berilayotganligiga bog'liq. holda: a) o'qituvchining uslubiy mahoratiga; b) ish tajribasiga; g) uning bilimiga bog'liq; holda: a) kimni, qanday o'quvchini o'qitishga; b) psixik rivojlanishining individual tavsifnomasiga; v) kizikish va havaslariga bog'liqdir. o'rganish - bilimlarni uzlashtirish informatsiya olish, esda saqlash va uni anglab qolishnigina emas, balki bilimlarni keyinchalik, o'quv ishida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.38 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.38 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:02 ]
Arxiv ichida: doc