Ta'lim jarayonini boshqarishning didaktik asoslari

Ta'lim jarayonini boshqarishning didaktik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonini boshqarishning didaktik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim jarayonini boshqarishning didaktik asoslari Reja: 1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini boshqarishning nazariy asoslari. 2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini boshqarishda «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning ahamiyati. 3. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini boshqarish prinsiplari. 4. Boshqarish qonuniyatlari. 5. Boshqarish maqsadi va vazifalari. Ta'lim tizimini boshqarish jamiyatni boshqarishning ajralmas qismidir. Har qanday jamiyatni boshqarish ma'lum g'oya va mafkura asosida amalga oshiriladi. Mafkura boshqarishning g'oyaviy yo'nalishini, uning maqsad va vazifalarini, shakl va metodlari, prinsip va qonuniyatlarining xarakterini belgilaydi. «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur, - deb ko'rsatdi I. Karimov, - chunki mafkura bo'lmasa odam, jamiyat, davlat yo'lini yo'qotishi muqarrar». Jamiyat taraqqiyotining maqsadi va istiqbolini belgilash ma'lum boshqarish tizimini tanlashdan oldin ularning g'oyaviy asosini belgilash muhim. G'oyaviy asosi bo'lmagan jamiyat sarobdek adashadi. G'oya jamiyat taraqqiyotining hozirgi holatini emas, balki kelajagini ham oldindan ko'rish imkoniyatini beradi. «O'zining kelajagini ko'rmoqchi va qurmoqchi bo'lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o'z milliy g'oyasiga suyanish va tayanishi zarur. Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog'i lozim. Ya'ni oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo'lishi o'zi g'ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. Ya'ni, oldin g'oya paydo bo'ladi, undan keyin g'oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo'ladi», - deb jamiyatimiz rivojlanish metodologiyasini belgilab berdi Prezidentimiz. Shundan so'ng jamiyat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlarini aniqlash lozim edi. Respublika tarixiy, madaniy, hududiy shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilish asosida I.Karimov mamlakat iqtisodiy -rivojlanishining bosh yo'nalishi bozor munosabatlari bo'lishi mumkinligini ilmiy asosladi. O'zining O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari asarida iqtisodiy siyosatning O'zbekiston va uning xalqi manfaatlariga mos keluvchi shakli ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti ekanligini asosladi. «Eng muhimi, - deb yozadi I. Karimov, - mustaqillikning dastlabki yillari o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limizni sobitqadamlik bilan izlash, O'zbekistonni erkin, qudratli va gullab-yashnayotgan mamlakatga aylantirish yo'lidan intilish davri bo'ldi. Bu davrda biz o'zligimizni anglash yo'lida ulkan qadam qo'ydik, o'zimizning tarixiy yo'limizni tanlab oldik». Shu bilan birga bozor munosabatlariga o'tishning nazariy asosini, tamoyillarini belgilash ham juda murakkab vazifa edi. I. Karimov uning modelini o'zining 5 tamoyilida ko'rsatib berdi. Jahon jamoatchiligi unga haqli ravishda «Karimov modeli» deb nom berdi. «Bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiy dasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bizning prinsiplarimizga muvofiq bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish kerak. Iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlarini belgilash bilan birga uni ta'minlovchi shart-sharoitlarni belgilash lozim edi»2. Buni I. Karimov uzluksiz ustuvor yo'nalishlar, deb belgiladi. Shu ustuvor yo'nalishlar: ta'lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; aqliy va ma'naviy salohiyatni mustahkamlash ekanligi alohida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.13 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.13 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga