ta'lim jarayonini xarakteristikasi va psixologiya o'qitish formasi. ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv Reja: O'zlashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan o'quv jarayonini tashkil qilishning umumiy tavsifi. Bilimlarni o'zlashtirishning psixologik nazariyalari. ta'lim metodikalarining klassifikatsiyasi va ularning izchillik prinsipi bo'yicha tanlash. O'qitishning aktiv va inovatsion metodlari tavsifi. Programmalashtirilgan, muammoli va hamkorlik ta'lim metodlarining mohiyati. Yaxlit kurs bo'yicha mashg'ulotlarning mohiyatiga ko'ra tizimga solish, ularni rejalashtirish va tashkil qilish. Psixologiya Fani zamonaviy ta'limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta'siriga bog'liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Ulardan birinchisi inson tug'ilib voyaga etadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta'lim-tarbiyaning ta'siri va uchinchisi odamga tug'ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta'siridir. Malumki, har bir odam o'ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda. Konkret ijtimoiy munosabatda, yani malum oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab o'sadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat azosi sifatida, malum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyondasi sifatida va nihoyat, tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo'lgan muayyan jamoalarning faol azosi sifatida qatnashadi. Shaxsning mohiyati o'z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdan barcha psixik xususiyatlarini, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog'liqlikda bo'lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Manna shu manoda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e'tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, malum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya, azaldan berilgan, genetik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo'lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi. Bu borada, birinchidan, shuni takidlash kerakki, odam muhit ta'siri ostidagi passiv obyekt bo'lmay, balki faol mvjudotdir. Shuning uchun tashqi hayot sharoiti, tashqi ta'sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo'lgan o'zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi. Shu sababli muhitning ta'siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o'zaro ta'siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi oqibat natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta'sirotlarga bog'liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo'lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta'sir qiladi. Manna shu manoda tashqi individning o'ziga xos psixikasi va shaxsiy taribasini o'z ichiga olgan ichki sharoit orqali bilvosita ta'sir qiladi. Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o'zi ham ongli ravishda o'z shaxsini o'zgartirishi, yani o'zi-o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanishi mumkin. Lekin bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.67 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.67 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:03 ]
Arxiv ichida: doc