Ta'lim jarayonining mohiyati va prinsiplari

Ta'lim jarayonining mohiyati va prinsiplari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim jarayonining mohiyati va prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim jarayonining mohiyati va prinsiplari Reja: Didaktika ta'lim nazariyasi fani sifatida. ta'lim jarayonining mohiyati, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha. ta'lim qonuniyatlari va prinsiplari. o'qitishning didaktik prinsiplari va ularga tasnif. Milliy mustaqillik sharoitida ta'limning mazmuni. hozirgi zamon kadrlari yuqori kasbiy mahoratga ega bo'libgina kolmay, balki xar jihatdan ma'lumotli, o'z sohalarining bilimdoni, tashabbuskor, muammolarni xal qilishga ijodiy yondoshadigan kishilar bo'lishlari lozim. I.A.Karimov. 1. Birinchi masalaning bayoni: ta'lim jarayoni tashkiliy tizim bo'lib, u o'qitish va o'qish faoliyatlarining o'zaro real kirishuvidan iborat. o'qituvchining o'quvchilarga ta'siri tarkiban ushbu birliklardan iborat: o'qituvchining ta'lim maqsadini bolalarcha anglatish uchun yo'naltirilgan xatti - harakatlari: o'qituvchining ta'lim maqsadini amalga oshirish sohasidagi intilishlari: o'qituvchining ta'lim natijasini tahlil etishga doir ishlari To'gri ta'sirni tashkil etish va uni amalga oshirish yo'li bilan bolalar fan asoslarini egallab olishadi, ularda ko'nikma va malakalar shakllanadi, tabiat, jamiyat va tafakkurga munosabat tarbiyalanadi. Binobarin, o'qituvchining ta'siri natijasida bolalar ma'lumot mazmunini o'zlashtiradi. Teskari ta'sir o'qituvchiga nisbatan xam ta'limning borishini anglash omili, xam o'qituvchi taraqqiyoti manbai, xam pedagogik mahoratini oshirish vositasi rolini bajaradi. o'qituvchi o'ziga aql etgan mashg'ulotlarning ta'sirini teskari ta'sir bolalarning ta'lim jarayonidagi harakatlari, ta'limda ko'llangan metodlar. usullar, vositalarning samaradorligini teskari ta'sirga ko'ra aniklaydi, teskari ta'sirning borishi, amal qilishiga ko'ra o'z faoliyatini o'zgartiradi. K.Markesning «bolalar o'z ota - onalarini tarbiyalashi lozim» degan fikrni qayta ko'rib, «ta'lim jarayonida o'quvchilar xam o'z o'qituvchilarini o'qitishadi» degan xulosani chiqarish to'gri bo'ladi. ta'lim jarayoni - ma'lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o'quvchilarning o'zlashtirishi uchun o'qitish va o'qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog'lanishi, bir - biriga muvofiklashuvi asosida ta'limning zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofik shirkat faoliyatidir. ta'lim jarayoni - ijtimoiy hayotning o'ziga xos shakli bo'lib, u kuyidagicha vazifalarni bajaradi: ma'lumotli qilish, tarbiyalash, rivojlantirish. ta'lim jarayoning bu funksiyalari, yani bajaradigan ishlari bir - biri bilan chambarchas boglangan. ma'lumot mazmuni va faoliyat usullarini egallash o'quvchilar taraqqiyotiga olib kelsa, ma'lumot va rivojlantirish tarbiyalanganlikka sabab bo'ladi. Shunday qilib ma'lumotli qilish, rivojlantirish va tarbiyalash ta'lim jarayoning o'zaro daxldor funksiyalaridir. ta'lim jarayonining ma'lumotli qilish funksiyasi uch xil ish bilan xarakterlanadi: Fan asoslarini va faoliyat usullarini egallash: oldingi avloddan meros bo'lib kolgan faoliyat usullarini ko'nikma - malakalar shaklida asrash: Ijodiy fikrlashni tarkib toptirish va yangicha faoliyat usullarini shakllantirish. ta'lim jarayonining navbatdagi funksiyasi yoshlarni taraqqiy ettirishdir. ta'lim jarayoniga ishlarni taraqqiy ettirish muammosi didaktikada uzoq tarixga ega. L.V Zankov, D.B.Elkonin, M.I.Mahmudov kabi kator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ta'limning oldindi borishi va o'ziga xos o'quvchilar taraqqiyotini ergashtirishi masalasi ilmiy asoslangan. Fan asoslarini o'zlashtirish va bola shaxsini rivojlantirish o'quvchilarni tarbiyalashi xam takozo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.49 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.49 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga