ta'lim jarayonining tuzilishi RYeJA: 1. Harakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni 2.Harakat faoliyatini o'zlashtirish etapi va uning mazmuni 3.Harakat faoliyatini takomillashtirish etapi va uning mazmuni Har qanday harakat foaliyati haqida ta'lim berish malum vaqtni talab qiladi. ta'limning har bir etapi o'zining xususiy va ayrim yetakchi tushunchalari bilan ta'riflanadi. Faqat vazifalar ketma-ket bo'lsagina o'qituvchi ta'lim usuliyatini to'g'ri yo'lga qo'yishi, shu katorda ta'lim prinsiplarini, tzyyorlov -va yo'llanma beruvchi mashqlardan foydalanishi, usullar va usuliyatlarni maqsadga muvofik ko'llay olishi mumkin. ta'lim jarayonining tuzilishi - xususiy vazifatr, prinsiplar, vositalar va usuliyatlarning o'qitish etaplaridagi o'zaro nisbati turg'un aloqalari orqali vujudga keladi. Harakat faoliyatini o'rgatish jarayonida jismoniy tarbiya ta'limining tuzilishida deb karaladi. ta'lim jarayonining barcha elementlari (xususiy vazifalar, yo'llanma beruvchi va tayyorlov mashqlari, usuliyatlar va boshqalar) harakat faoliyatini o'rgatishning yakuniy vazifasi bilan bog'liq. Agarda yakuniy vazifa harakat malakasi yoki oliy tartibdagi harakat malakasini shakllantirish deb qo'yilsa, unda ta'limning tuzilishi harakat faoliyatini tanishtirish, o'zlashtirish, mustahkamlash degan shartli ravishdagi uchta etaplarga ajratiladi. ta'limning uch etapga ajratilishi pedagoglar amaliyotida ko'proq ko'llanib, harakat faoliyatini nisbatan takomillashgan darajada egallashga imkon yaratadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikga oid ayrim pedagogik vazifalarini hal qilishda harakat faoliyatini ko'nikmaga aylantirish maqsad qilib qo'yilmaydi va ta'lim jarayonining birinchi va ikkinchi etaplaridan foydalaniladi xolos. Ayrim hollarda ta'limning etaplarini harakat malakasi fazalari bilan almashtirib qo'yilishiga duch kelamiz. Faza - harakat malakasi shakllanishining (vujudga kelishining) shartli ravishdagi biologik qonuniyatlarini ifodalaydi. Etaplar pedagogik jarayonining shartli belgilari bo'dib jarayondagi pedagogik va biologik qonuniyatlarini aks ettiradi va unga tayanadi. ta'limning har bir etapining uzunligi, davomiyligi harakat malakasi fazalarini shakllanishidek qator faktorlarga: shug'ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi, harakat faoliyatini n g qiyinligi va boshqalarga bog'lik ta'lim jarayonining tuzilishini o'zgarmas deb bo'lmaydi. Bu jarayon faqat etaplar elementlarning tipik aloqasi bo'lib ta'limning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va aniq vazifalarga qarab almashinishi, o'zgartilishi mumkin. Lekin ta'limning barcha etaplarida o'qituvchi o'zlashtirilayotgan faoliyatni o'quvchilar bilan birga tahlil qiladi, baholaydi va xatolarni tuzatadi. 1.Harakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni Jismoniy tarbiya ta'limining ushbu etapdagi vazifasi ~ shug'ullanuvchilarda o'zlashtirilayotgan harakat faoliyati haqida lozim bo'lgan birlamchi tasavvurni hosil qilish va o'zlashtirish jarayoniga ongli munosabatni shakllantirish bilan faollik (aktivlik)ni oshirish o'quv vazifasini to'la anglash va uni to'g'ri hal etish qoidalari va usuliyatlari haqidagi tushunchani yuzaga keltirish. Tasavvurni shakllantirish jarayoni shartli ravishda o'zaro uzviy bog'langan uchta zvenoga bo'linadi: a) ta'limning vazifalarini anglash; b) uning hal etuvchi loyihasini tuzish; v) harakat faoliyatining to'la, qanday bajarilishi lozim bo'lsa shundayligicha yoki uni ajratib olingan qismini bo'laginigina bajarishga urinib ko'rish. Pedagogik jarayon shug'ullanuvchining jismoniy, nazariy tayyorgarligi darajasiga qarab, harakat faoliyatining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:03 ]
Arxiv ichida: doc