ta'lim mazmuni va o'qitish mazmunini tuzishda o'quv- me'yoriy xo'jjatlarning ahamiyati Reja: Iqtisodiy ta'lim jarayonining mohiyati, vazifalari. ta'limning yana bir o'ziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. O'zbekistonda iqtisodiy ta'limni isloh qilish tamoyillari Iqtisodchilar tayyorlashning huquqiy-me'yoriy va tashkiliy asoslari 1. Iqtisodiy ta'lim jarayonining mohiyati, vazifalari. Iqtisodiy ta'lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo'lib u o'qitish, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug'ullanadi. ta'lim nazariyasini Didaktika tushunchasi bilan ham ifodalanadi. Didaktika so'zi grekcha Didasko so'zidan olingan bo'lib, o'qitish, o'rgatish degan manoni bildiradi. Didaktikaning o'rganish obyekti o'quv jarayoni, o'quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. ta'lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to'plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni malum tizim orqali amalga oshirish bo'lib hisoblanadi. Albatta, avloddan-avlodga o'tib borgan sari ijtimoiy tajriba hajmi, demak bilimlar hajmi ham ortib boradi. Fan va texnikaning rivoji ham ilmiy bilimlarning hajmiga va xarakteriga ta'sir ko'rsatadi. Bularning hammasi esa o'z navbatida ta'lim tizimida o'z aksini topadi. ta'lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo'lib xizmat qiladi. Chunki aynan ta'lim tizimi jamiyatning har bir azosini ma'naviy, ilmiy dunyoqarashini shakllanishida eng asosiy o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham barcha tarixiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta'lim tizimini isloh qilish muhim o'rin tutgan. ta'lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi. O'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim jarayonida: Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi; Kerakli malakalarga ega bo'ladi; Ko'nikmalar hosil qiladi; O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak. ta'lim jarayonida pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o'zlashtirish jarayonini o'z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo'lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O'qish talabalarning o'zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga nomalum bo'lgan xaqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir. ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:03 ]
Arxiv ichida: docx