ta'lim mazmuni, o'quv rejalari, dasturlar, darsliklar Reja: 1. O'zbekistonda fan-texnikaning rivojlanishi. 2. ta'lim mazmuni. 3. ta'lim mazmunini tashkil etadigan hujjatlar: a) o'quv rejasi; b) o'quv dasturi; v) O'quv darsliklari. 4. ta'lim mazmunining rivojlantirish istiqbollari. Davlat siyosatidagi donishmandlik-taraqqiyot va farovonlikni ta'minlashga qaratilgan say-harakatlar, tadbirlarning aniqligida va izchilligida namoyon bo'ladi. Davlat rahbarining donishmandligi - mamlakat taraqqiyotini, xalqining tinchligini o'ziga bosh maqsad qilib olib, uni sobitqadamlik bilan amalga oshirishda ko'zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan O'zbekistonda keyingi o'n yil ichida fan-texnikaning rivojlanishi bevosita yurtboshimiz, iqtisodchi olim I.A.Karimov shaxsi bilan boliqdir. Respublikamizda fan-texnikaning rivojlanishini O'zbekistonni qo'lga kiritgan: siyosiy sohadagi; iqtisodiy sohadagi; ma'naviyat sohasidagi yutuqlari bilan bolasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Malumki, I.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma'ruzasida mustaqil O'zbekiston davlatchiligi tajribasini, boshqaruv tizimi va uning huquqiy asoslarini butunlay yangicha fikrlar bilan boyitdi. Aytish mumkinki: Mazkur sessiyasida qilingan ma'ruza bosib o'tilgan sakkiz yillik yo'limizning yakuniy xulosasi va to'plangan tajribalar hamda mavjud imkoniyatlar nuqtai nazaridan yangi yuz yillikdagi taqdirimiz strategiyasi bo'ldi. O'zbekiston hukumati keyingi asrdagi faoliyatining asosiy tamoyillari, ichki va tashqi siyosatining bosh yo'nalishlari belgilab berildi, yani: birinchi yo'nalish - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; ikkinchi yo'nalish - jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish; uchinchi yo'nalish - kadrlar masalasi; to'rtinchi yo'nalish - xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish; beshinchi yo'nalish - iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash; oltinchi ustuvor yo'nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat. Shuni ham unutmaslik kerakki O'zbekistonda fan-texnikaning rivojlanib borishi yurtboshimiz belgilab birgan, o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limizni belgilovchi va taminlovchi bosh tamoyil negizida borilmoqda, jumladan: birinchi tamoyil - iqtisodiyotni siyosatdan ustuvorligi; ikkinchi tamoyil - davlat bosh islohotchi; uchinchi tamoyil - qonunlar ustuvorligi; to'rtinchi tamoyil - aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish; beshinchi tamoyil - bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o'tish. Mamlakatdagi iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, bevosita iqtisodiy sohada erishilgan yutuqlar bilan boliq. Hayotning o'zi, keyingi yillarda jamiyatimizning barcha sohalarida, eng avvalo, iqtisodiyotda ro'y bergan o'zgarishlar, O'zbekistonda bozor iqtisodiyot asoslarini shakllantirishga qaratilgan islohotlar umumiy yo'nalishni amalga oshirishga bo'lgan bosqichma-bosqich, izchil, puxta o'ylangan yondashuvning afzalligini ishonchli tarzda isbotlamoqda. Shu nuqtai nazardan: Birinchidan, o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me'yoriy-huquqiy bazasi yaratildi. Ikkinchidan, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga barham berish, institutda qayta ko'rishlarni amalga oshirish, bir tomondan, mustaqil suveren davlatga muvofiq keladigan, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotni tashkil etishning bozor prinsiplariga xos bo'lgan tuzilmalarini yaratish, tarmoq vazirliklarini tugatish, davlat mulk hissasini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko'p ukladli iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:03 ]
Arxiv ichida: doc