Ta'lim mazmuni. O'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va kasb

Ta'lim mazmuni. O'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va kasb

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim mazmuni. O'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va kasb - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim mazmuni. o'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va kasb Reja: 1. Ta'lim haqidagi umumiy qoidalar. 2. Ta'lim to'grisidagi qonun. 3. o'quv rejalari, dasturlari, darsliklari va kasb. 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisida qonuni kabul kilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni: har bir o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga va dunyoviy demokratik jamiyat baxt-saodati yo'lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan. Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bog'liq bo'lgan malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz koldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, ta'lim-tarbiyasi, odob -axloqi haqidagi xikmatli fikrlar borki, bular bugungi xalq ta'limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do'stlik munosabatlari, kaxramonlik, mardlik singari tuyg'ularini tarbiyalaydi. Yangi demokratik jamiyat ko'rishda ta'limning mazmuni bu jamiyat ehtiyojlaridan kelib chikib va kuyidagilarga amal kilgan holda belgilanadi: - ilmiy bilimlarning yetakchi roli to'grisidagi qoidaga; - insoniyatning madaniy-ma'rifiy merosi boyliklarini, umuminsoniy qadriyatlarini egallab olish haqidagi Milliy dastur ko'rsatmalariga; - tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; - ilmiy hayot bilan, yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog'liqligi haqidagi qoidaga; - ta'limning bir maqsadga qaratilganligi (umumiy yoki kasbiy ta'lim); - ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplariga muvofikligiga amal kilinadi. Ta'limning mazmuni o'zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi demokratik jamiyat kurayotgan hozirgi kunlarda fan va texnikaning, pedagogik texnologiyalarning jadal rivojlanishi, xalqimizning madaniy-ma'rifiy yuksalishi tufayli bu jarayon ayniqsa tezlashdi. Birok material tanlash va ta'limning mazmunini yangilash didaktik muammolar bo'lib kolmay,balki yetarlicha murakkab muammodir. Paydo bo'layotgan yangi bilimlar oqimi uchun eng muhim, xalq ta'limi vazifalarini xal etishda asosiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni ajratib ko'rsatish va ayni vaqtda qanday o'quv materiallarini chikarib tashlash hisobiga ular dasturlarga kiritilishini xal etish kerak. Yangi demokratik jamiyat kurayotgan bizning mamlakatimizda ta'limning mazmunini quyidagi yo'llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi: - fan va tajribadagi eng yangi muvaffakiyatlarni aks ettirish; - ikkinchi darajali va ortikcha murakkablashtirilgan materialdan kutulish; - o'rganilayotgan fanlar ro'yxatini va materiallar xajmini aniqlash hamda o'quvchi-yoshlar, albatta, o'zlashtirib olishi kerak bo'lgan malaka va ko'nikmalarning optimal xajmini belgilash; - o'quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g'oyalarni juda ham aniq bayon qilish; - o'quvchilarning pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga