Ta'lim mazmunini loyihalashtirish Reja: 1.Ta'lim mazmuni. 2.Ta'lim mazmunining yondashuvlari. 3.Ta'lim mazmunini loyihalashloyihalashtirish 2021-yilda Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi degan g'oya asosida qator yo'nalishlarda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi. Jumladan, birinchidan, yosh avlodga bog'cha, maktab va oliy ta'lim muassasasida sifatli ta'lim-tarbiya berishga alohida e'tibor qaratiladi, o'g'il-qizlarning jismoniy va ma'naviy sog'lom, vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi. Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri bo'lib qoladi. Uchinchidan, o'g'il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatish, ularda tadbirkorlik ko'nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta'minlashga ustuvor ahamiyat beriladi. Ta'lim tizimida uzoq yillardan beri yig'ilib qolgan muammolarni bartaraf etish oson kechmaydi. Buning uchun, avvalo, ta'limga yondashuv bilan bog'liq qator masalalarga ijobiy yechim topishimiz lozim. Kadrlar tayyorlashda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy o'ziga xosligi va talabini inobatga olish, mehnat bozoridagi talab va taklifni chuqur o'rganish, ularning mutanosibligiga erishish, ta'lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini to'la ta'minlash, fan yutuqlarini tijoriylashtirishga nisbatan e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Prezidentimiz ta'lim tizimi xodimlari oldiga oliy ta'limga qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, o'quv yuklamalarini optimallashtirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlash, ta'limda nodavlat va xususiy sektorning rolini oshirish, ta'limni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish, nufuzli chet el oliy o'quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlikni kuchaytirish kabi vazifalarni qo'ymoqda. Umuman, oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Eng asosiysi, o'quv-tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning zamonaviy ta'limga qo'yiladigan talablarga javob berishidir E'tiboringiz uchun rahmat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
136.43 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
136.43 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:03 ]
Arxiv ichida: pptx