Ta'lim menejmenti asoslari

Ta'lim menejmenti asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim menejmenti asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim menejmenti asoslari Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi Ta'lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta'lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o'zaro hurmat bilan tavsiflanadi. Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta'sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi: ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o'lchovga ega; ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o'lchovga ega; ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar katta rol o'ynaydi); menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o'zaro dialektik birligi; ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, endilikda ta'lim tiziminidavlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o'tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi - ta'lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o'qituvchilar, o'quvchilar hamda ota-onalarga ta'lim dasturlarini, turlarini, ta'lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat. Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuqori madaniyat, chuqur ma'naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas'uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo'lishi, o'z ijodiy potensialini rivojlantirishga, innovatsion faoliyatga, o'z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. YA'ni ko'pqirrali qobiliyatlilikni talab etadi. Ko'p qirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga mos kelib, Aleks Murning fikricha Soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak ko'pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o'rganilishi tushuniladi Ta'limning og'zaki usullari uch turga; a) o'qituvchining hikoyasi b) suhbat v) maktab ma'ruzasiga bo'linadi Suhbat usuli - savol javob usuli deb ham yuritiladi. O'quvchilar darsga yetarli darajada tayyor bo'lsa o'qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o'zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evristik izlanish, axtarib topish xarakterida bo'ladi. O'qitish jarayonida o'rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo'llaniladi. Suhbatlar ayniqsa, o'qitishning tarbiyalovchilik xarakterida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib toptirishda qo'l keladi. Suhbatlar butun sinf hamda o'quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o'tkaziladi. Suhbatlar orqali a) o'quvchilarning o'z hayotlarida uchratgan voqea hodisalar yuzasidan savollar berish orqali o'quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e'tibor qilish Turli olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funksiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin: Axborot-tahlil funksiyasi Oldindan ko'rish-rejalashtirish funksiyasi tashkiliy-ijrochilik funksiyasi Nazorat-tashxis funksiyasi. Ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg'unlashtirish tamoyili ta'limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta'lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 475.32 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 475.32 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga