Ta'lim menejmenti keys

Ta'lim menejmenti keys

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim menejmenti keys - rasmi

Material tavsifi

ta'lim menejmenti Keys. Kasb-hunar kollejining direktori boshqa ishga o'tganligi tufayli jamoaga yosh ammo qaysidir kollejda o'quv bo'limining mudiri bo'lib ishlagan ayolni tayinlashdi. Jamoa yangi rahbarni iliq kutib oldi, ayniqsa uning yoshligi va men bu yerda tartib o'rnatishga keldim, o'zim ham kuchimni ayamayman va Sizlardan ham shuni talab qilaman, deb ishontirishi ko'pchilikka yoqib qoldi. Rostdan ham kollejda tartib initizom ancha yaxshilanib qoldi. Oldingi direktorning erkatoy larini yangi direktor joyiga o'tkazib qo'ydi. Kollejning o'quv jarayonida, tashqi va ichki ko'rinishida sezilarli o'zgarish yuz berdi. Lekin, yangi direktor yoshligi uchunmi yoki o'zining qattiqqo'lligini ko'rsatish uchunmi, o'qituvchilar bilan gaplashganda, yig'ilishlarda qo'pol, ortiqcha gapirganidan ayrimlar qattiq ranjiy boshlashdi. Shundaylar orasida kollejning o'quv bo'limi mudiri ham bo'lib, u ancha tajribali, jamoada o'rni va obro'siga ega edi. Yangi direktorning o'zidan ancha yosh bo'lishiga qaramasdan ayrim vaqtda qo'pol munosabatda bo'lishi mudirning nafsoniyatiga tegdi. U bir-ikki marotaba rahbarga odamlarga nisbatan munosabatini o'zgartirishini maslahat berdi. Asta-sekinlik bilan kollej jamoasi ikkiga bo'linib, bir qismi rahbar atrofida, ikkinchi qismi mudir atrofida kichik guruhchani tashkil etdilar. Tashqaridan qaraganda bu hol sezilmas, odamlar bir-biri bilan oldingiday salomlashar, birgalikda tadbirlarni o'tkazishar ammo, o'rtada ishonch yo'qolib, o'zimizniki va dushman tomon ga jadal bo'linishgan edi. O'zaro tortishuvlar, bir-birini ustidan shikoyat yozishlar, yig'ilishlardagi janglar ko'pchilikni asabini buza boshladi. Bazilar bunga dosh berolmay ishdan bo'shashga ariza ham yozishdi. Konfliktlar jiddiy tus oldi. Mazkur vaziyatda rahbar boshqaruvining Bu vaziyatda Sizning harakatingiz 1. 2. 3. Boshqaruv nima? Rahbar va lider tushunchalari o'rtasida farq bormi? Boshqaruv bu shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish shaklidir. Rahbar va lider o'rtasidagi farqlar: Lider, asosan, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi. Liderlik kichik guruhlargagina xos hodisa bo'lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo'lishi,amalga oshirilishi mumkin. Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bulsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar natijasida sodir bo'ladigan hodisadir. Liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo'lib, guruh a'zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo'nalishiga qarab uzoqrok muddatda yoki qisqa muddatda ro'y beradi. Rahbar liderda yo'q bo'lgan rag'batlantirish va jazolash tizimiga ega bo'lib, shu asosda xodimlariga o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin. Lider guruhda qarorlar, ko'rsatmalar, tashabbuslarni o'z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa ko'plab rasmiy ko'rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketish qiyin. Liderning faoliyati kichik guruhlar doirasida amalga oshiriladi, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi vakil bo'lgani uchun uning vakolatlari ham keng, imkoniyatlari ham ortiqdir. Liderlarning quyidagi turlari mavjud (G. Gibsh va F. Forverg): Intellektual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.44 MB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.44 MB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga