Ta'lim metodlari va ularning klassifikatsiyasi Ta'lim metodlari va ularning turlari. Zamonaviy ta'lim va tarbiya tizimi Ta'lim olish jarayonida yangi bilimlarni o'rganish REJA: Zamonaviy ta'lim - tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g'oyaviy uyg'unlik ta'lim - tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy - ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma'naviy merosi yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o'z ta'sirini yo'qotgani yo'q. O'qitishdan ko'zlanadigan maqsad bu davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim va ko'nikmalarini o'quvchiga yetkazishdan iborat. qachonki o'quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o'quvchi malaka oshirish uchun mo'ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o'qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo'ladi. Ma'lumki, ta'lim olish (ma'lumot olish) jarayoni - bu ma'naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta'lim oluvchining o'zi orqali yoki boshqa birov- ta'lim beruvchining ko'magida amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. Metod - grekcha Metodos so'zidan olingan bo'lib, izlanish yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi Ta'lim metodi - bu ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining ma'lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo'l-yo'rig'i. Ta'lim metodlarini ta'lim maqsadlariga erishish bo'yicha o'quvchi va o'qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo'yicha quyidagicha guruhlarga bo'lish mumkin: O'qituvchi markazda bo'lgan uslublar; O'quvchi markazda bo'lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. O'quvchi markazda bo'lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Bu uslublar qo'llanilganda o'qituvchi o'quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O'quvchi markazda bo'lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: - ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish; - o'quvchini yuqori darajada rag'batlantirilishi; - ilgari ortirilgan bilimni ham e'tiborga olinishi; - o'qish shiddatini o'quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi. - o'quvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o'rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; - o'qishni sog'lom muhitda saqlab qolinishi; - o'qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. O'quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o'quvchining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o'quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo'ladi. Savol berish orqali o'qitish usuli O'qituvchi o'quvchilar oldiga savollarni ko'ndalang qilib qo'yadi va bu bilan ularni berilgan ma'lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan og'zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi. Muhokama usuli O'quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma'lumotni o'zaro va o'qituvchi bilan muhokama yo'li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi. Guruhlardagi muhokama usuli Ushbu o'qitish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
933.45 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
933.45 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: pptx