Ta'lim metodlari va vositalari

Ta'lim metodlari va vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim metodlari va vositalari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim metodlari va vositalari Reja: 1. Ta'lim metodlari va usullari tushunchalari. 2. Zamonaviy didaktikada ta'lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. 3. Ta'lim metodlarinig mohiyati va mazmuni. 4. Ta'lim metodlarini tanlab olish shartlari Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o'quv yurtlarida o'qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. Va boshqa sohalarda ma'lumot berish jarayonini ham bildiradi. Bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir Uslub Pedagogik texnologiya «Uslub» tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o'zida to'liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko'proq xususiy (so'z borayotgan holatda aynan o'qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo'lib, aniq maqsadga erishish yo'li sifatida xizmat qila olmaydi. Metod ta'lim metodi Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo'li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat O'rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo'yicha o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig'inaisi O'qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi Ta'lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko'pchilik mualliflar ta'lim metodini o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Noan'anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida о'quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e'tibor qaratildi. Noan'anaviy darsning kо'plab turlari bо'lib, asosiylari quyidagilardir: Asosiy turlari Rolli о'yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi о'yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar , binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, sudlar, haqiqatni izlash, paradokslar, auksionlar, dialoglar va b.sh. Noan'anaviy dars turlari Yordamchi turlari о'garak; praktikum; seminar; konferensiya; maslahat (konsultatsiya); fakultativ mashg'ulot; о'quv ekskursiyalari; о'quvchilarning mustaqil uy ishlari va b.sh. 1. Karimov I.A. О'zbekistonninng о'z istiqlol va taraqqiyot yо'li. - Toshkent, О'zbekiston, 1992. 2. Karimov I.A. Barkamol avlod - О'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 3. О'zRning Ta'lim tо'g'risidagi Qonuni Barkamol avlod - О'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: Xalq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.5 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.5 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga