ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari Reja: ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlari haqida umumiy ma'lumot. ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlarini tashkil qilish prinsiplari. ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlarini mazmuni va uni rejalashtirish. ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlarining shakllari. Milliy mustaqillik sharoitida barkamol avlod o'z Vataniga, xalqiga, ona eriga, millatiga, ota - onasiga Sodiq, xar tomonlama kamol topgan insonlarni tarbiyalash eng muhim ahamiyatni kasb etadi. Yangilangan davlat tizimida tarbiya mazmuni maqsad va vazifalari xam yangilandi. Bu yangilanish avvalo tarbiyani insonparvarlik va demokratiya prinsipi asosida qurilishi bilan farqlanadi. Tarbiyani insonparvarlashtirish va demokratiyalash prinsipi o'quvchilar, o'quvchi - tarbiyachilar ijodiy faollik va mustaqilligini rivojlantirishi ularni turli xil ijtimoiy foydali ishlarni amalga oshirishda hamkorligini ta'minlash uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi. o'quvchi yoshlarda ijodiy faollik, aqliy zakovat, axloqiy salohiyat, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni keng kamrovli ijtimoiy -foydali ishlarga faol ishtirok etishlari shakllantirish uchun, maktablarda o'tkaziladigan ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlarining alohida o'rni bor. Malumki «ma'naviyat», «ma'rifat», «tarbiya» tushunchalari bilan filosoflar, psixologlar, filologlar, pedagoglar kizikib, ularga o'z fanlari nuqtai - nazaridan yondashib ta'riflar berdilar. Keling shular mazmunini, falsafiy - pedagogik asoslarni ko'rib chikaylik. «ma'naviyat insonning xalqning, jamiyat, davlatning kuch - kudratidir. U yo'k joyda xech kachon baxt -saodat bo'lmaydi», - deb yozadi Respublika Prezidenti o'zining 1992 yilda yozgan «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kitobida. Xo'sh, ma'naviyat nima ekanki u insonning, xalqning, jamiyat va davlatning, kuch - kudrati ekan? Xo'sh, ma'naviyat nima ekanki, u yo'k joyda baxt - saodat, xuzur -xalovat, yo'k ekan. Keling ushbu jumboklarga filosof va pedagoglarning ta'rifi bilan javob berishga harakat kilamiz. ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishlarini tashkil qilish prinsiplari ma'naviy - ma'rifiy ishlarning prinsiplari o'qituvchi - tarbiyachi, o'qituvchi - muhandislarga yo'l - yo'rik ko'rsatuvchi talablar, qoidalar yig'indisi hisoblanib, u barkamol inslnni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to'grisidagi ta'limotga hamda ilmiy pedagogik ma'lumot erishgan yutuklarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ma'naviy - ma'rifiy tarbiya jarayonida bu prinsiplarga rioya qilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko'rsatkichini rivojlantiradi. ma'naviy - ma'rifiy ishlar turli shakllarida tashkil etiladi. Buni taxminan uch guruhga bo'lish mumkin: Yakka tartibdagi ishlar. To'garak ishlari. Omaviy ishlar. Yakka tartibdagi ma'naviy - ma'rifiy ishlarga olimpiadalar, tanlovlar, konkurslar, vstavkalar kiradi. Garchi bu shakldagi tadbirlarga ko'pchilik ishtirok etsada unda xar bir ishtirokchi yakka holda ishtirok etishi, o'quv yurti, tumani, viloyati, tadbirning malum turi bo'yicha yakka tartibda himoya kilgani uchun uni yakka shakldagi ma'naviy - ma'rifiy tarbiya ishi deb ataymiz. Fan olimpiadalari - bu bilimlarga kizikishini rivojlantirish ning eng muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy qiymati shundaki, garchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
910.35 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
910.35 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: ppt