Tа'lim muаssаsаsi mеnеjmеnti Reja: 1. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. 2. Ta'lim tizimi va turlari. 3. Hozirgi davrda jahonda ta'lim tizimining ahvoli. Adabiyotlar: Adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent, O'zbekiston, 1992. 2.O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1998. 3.Umumiy o'rta ta'lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi g'g'Xalq ta'limi j., № 1. 199. 4.«O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi to'g'risida»gi Nizom Xalq ta'limi j., № 6. 199. 5.Yo'ldoshev J.G'. Xorijda ta'lim. - Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1995. «Ta'lim O'zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodlarga o'tadi» I.A.Karimov O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992 y. - 65 b O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo'nalish sifatida e'tirof etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunida uzluksiz ta'lim tizimining mohiyati, yo'nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslari; ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari; xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi; pedagogk faoliyat bilan shug'ullanish huquqi; ta'lim muassasasining haquqiy maqomi; ta'lim tizimi va turlari; ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy xumoya qilish; ta'lim tizimini boshqarish. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 3-moddasida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko'rsatib o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat: -ta'lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi, -ta'lim tizimining uzluksizligi va izchilligi; -umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining yo'nalishlarini tanlashning ixtiyorligi; -ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standarti doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; -ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; - bilimli bo'lishni rag'batlantirish; -ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg'unlashtirish O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunida alohida urg'u berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy potentsialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat Ta'lim tizimini jamoatchilik sosida boshqarish o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo'naltirilgan faoliyati O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 3-moddasida ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta'lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi ko'rsatilgan. Ta'lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: pptx