TA'LIM MUASSASASIDA OTA-ONALAR VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH BUGUN … 1.Maktab rahbarining ota-onalar bilan ishlashida muloqotga kirishish, rahbarning kommunikativ kompetentligi, samarali muloqot asoslari. 2.O'quvchilarning ta'lim olishida o'qituvchi va ota-onalar hamkorligining ta'siri. 3.Ota-onalarni maktab hayotiga jalb qilish, so'rovnomalar o'tkazish, maktab rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlik o'rnatish. 4.Maktab rahbarining boshqaruv imiji, pedagog imiji va maktab imijini shakllantirish, strategik imij yaratish asoslari. AKULA HECH QACHON O'ZI YASHAYDIGAN MUHITDAN O'SIB KETMAYDI. INSON MUVAFFAQIYATIDA HAM XUDDI SHUNDAY! HAYOT YO'LLARIMASHQI (AMALIY MASHG'ULOT) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustahkam oila yili Davlat dasturi to'g'risida 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasining BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILA INSTITUTI VA FUQAROLARNING O'ZINI O'ZI BOSHQARISH ORGANLARINING TA'LIM MUASSASALARI BILAN O'ZARO HAMKORLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDAgi 175-sonli qarori qabul qilindi. (2012-yil, 19-iyun) QAROR MAQSADI Jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligini mustahkamlash Bolalarning ma'naviy barkamol va jismoniy sog'lom bo'lishlarida oilaning vazifalari: oilada sog'lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olgan holda farzandlarda ota-ona, Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish; bolalarning qiziqishi, iqtidori va ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish; ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish, istiqlol g'oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; bolalarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish va ularning qo'shimcha ta'lim olishlariga shart-sharoit yaratish; bolalar ongiga sanitariya-gigiyenik, ekologik bilim va ko'nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish. Mahallaning vazifalari: ta'lim muassasalari bilan birgalikda ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo'lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashib, oqilona yechimlar topishda faollik ko'rsatish; farzandlari tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmaydigan ota-onalarni mahalla yig'inlarida muhokama qilish, ularga jamoatchilik ta'sirini o'tkazish, lozim hollarda bunday ota-onalar bilan tegishli profilaktik tadbirlarni belgilash maqsadida mahalla faollarini biriktirish yoki qonun doirasida boshqa choralar ko'rish; yoshlar diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning salbiy ta'sirini to'g'ri anglab yetishida ularga ota-onalar orqali ta'sir ko'rsatish, ulug' ajdodlarimizning tarbiyaviy o'gitlarini singdirib borishga keng jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla hududidagi notinch oilalarni aniqlash va ularda sodir etilishi mumkin bo'lgan kelishmovchilik va nizolarning oldini olish. Ta'lim muassasalarining vazifalari: bolalarga ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalaridan o'rinli foydalanishga shart-sharoit yaratish; ta'lim-tarbiya olish jarayonida turli xil chalg'ituvchi vositalarning zarari va ular oqibatlarining oldini olish bo'yicha keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish; hozirgi murakkab sharoitda yosh avlod ongi va shuuriga ta'sir etishga qaratilgan ma'naviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilish; ta'lim muassasalarida yoshlarning birorta kasb-hunarni egallashi uchun poydevor yaratish; yoshlarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.27 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.27 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: pptx