Ta'lim muassasasini boshqarish mavzusidagi didaktik o'yin texnologiyasining ijodiy o'yin metodidan foydalanilgan mashg'ulotning texnologik xaritasi

Ta'lim muassasasini boshqarish mavzusidagi didaktik o'yin texnologiyasining ijodiy o'yin metodidan foydalanilgan mashg'ulotning texnologik xaritasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim muassasasini boshqarish mavzusidagi didaktik o'yin texnologiyasining ijodiy o'yin metodidan foydalanilgan mashg'ulotning texnologik xaritasi - rasmi

Material tavsifi

«ta'lim muassasasini boshqarish» mavzusidagi didaktik o'yin texnologiyasining ijodiy o'yin metodidan foydalanilgan mashg'ulotning texnologik xaritasi Reja: Kirish O'qitishning faol pedagogik texnologiyalari ma'ruza Munozara Guruhiy ish Muammoli topshiriqlar Loyihaviy topshiriqlar. Rolli o'yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o'yinlari). Yorib o'tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Hamkorlik pedagogikasi Shunday qilib, didaktik o'yinli mashg'ulotlar orqali o'quvchi-talabalar yangi kasblar bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini iqtisodiyotning qaysi sohalarida qo'llash mumkinligini ko'rsatadilar, ushbu fanga bo'lgan qiziqishlari ortadi, qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaqil foydalanishga, o'z o'rtog'ining fikrini sabot va chidam bilan tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, o'z-o'zini baholashga o'rganadilar. 2. O'qitishning faol pedagogik texnologiyalari O'qitishning an'anaviy va noan'anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular mohiyatiga ko'ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o'z tarixi va shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko'p. Insoniyat o'zini va atrof-muhitni anglab etishi jarayonida ta'lim va tarbiya uchun asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hozirgi davrda mavjud bo'lgan turli davlatlarning ta'lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa pedagogik texnologiyalar misol bo'la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o'zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy sandig'iga jamlanib boraveradi. Har qanday o'quv kursi, malumki, quyidagi komponentlarni o'zida jamlaydi: kursning davomliligi (muddati); o'qitishning maqsad va vazifalari; o'qitishning mazmuni; maqsadli guruhning tashkil etilishi; o'qitish jarayoni; o'qitish metodikasi; o'quv quvvati; baholash. O'qitishning mazmuni o'quv birligining davomiyligi va o'zlashtirish darajasi orasidagi uzviy bog'lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o'zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o'rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko'rsatkichlarga ega bo'ladilar. Har qanday pedagogik texnologiya qo'llanilishida didaktikaning asosiy va yordamchi tamoyillari (prinsiplari), albatta, amal qiladi: - malumdan nomalumga; - oddiydan qiyinga yoki murakkabga; - aniqdan mavhumroqqa (abstraktga); - kuzatishdan nazariy umumlashmalarga; - umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga va boshqalar. Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma'lumotlar keltirilganda ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi. ma'ruza. ma'ruza o'qitishning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o'rinni egallaydi. U o'qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida etirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko'rinishi, deb ham ataladi. Bunda o'qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko'zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma'ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma'ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo'lishiga erishish mumkin. Iqtisodiyot o'quv predmetlarini, odatda, ko'proq ma'ruzalar tarzida bayon etiladi. Chunki bunday kurslar ko'proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga tabiatan ega bo'ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.63 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.63 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga