Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar Reja: 1.Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yilgan talablar 2. O'quvchilar bilimini tashxis qilish didaktik tushuncha sifatida 3.Ta'lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari. 4. Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar. 5, BILIMLARNI TЕKSHIRISHNING YANGI USULLARI Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olina-di. SHuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqti-da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlar-ni uning mahsuli bilan bog'liq holda o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Nazorat -(ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi. O'qituvchi o'qitish bilan bir vaqtda o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo'llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish - bu o'qitishning muayyan bir davrida talabalar va o'qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. Baholash va uning o'ziga xosliklari. Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (ko'rstakich, qolip, o'lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchamiga aytiladi. Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bi-lan davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O'zlashti-rish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B'AT*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: B - o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi; A - amalda o'zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; T - o'zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to'liq hajmi. Hisobga olish va uning o'ziga xosliklari. O'qituvchi o'qitish bilan bir vaqtda talabalarning o'rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo'llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish - bu o'qitishning muayyan bir davrida o'quvchilar va o'qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash. Hisobga olish natijasida o'qituvchi ham, talaba ham o'zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O'zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag'batlantirib, ma'lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o'zlashtirishni hisobga olish o'qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O'qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o'qituvchining pedagogik mahorati ko'rsatkichiga aylanmoqda va o'qituvchining o'z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
67.29 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
67.29 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: pptx