TA'LIM NAZARIYaSI (DIDAKTIKA) Reja: 1. Didaktika va uning tuzilishi to'g'risida tushuncha. 2. ta'lim mazmuni. 3. ta'lim prinsiplari va metodlari to'g'risida tushuncha 1. Didaktika va uning tuzilishi to'g'risida tushuncha. ta'lim jarayonini tasavvur qilar ekanmiz, doimo ko'z o'ngimizga ikki kishi - o'qituvchi va o'quvchi keladi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar fan cho'qqilarini egallaydilar: o'qish - yozishga topshiriqlar, masalalar yechishga o'tadilar, mavzu bo'yicha xulosalar qilishga, o'z fikrlarini asoslab berish, taqqoslashni o'rganadilar. O'qitish jarayonining samarali bo'lishi ham o'quvchilarga faollik, hamfikrlikni talab qiladi. Xususan bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining kengayishini, hayotimizga kompyuter, internet tarmoqlarining kirib kelishi o'qituvchidan juda katta mehnatni talab qiladi. Bugungi o'qituvchi o'z fanini chuqur bilishi bilan bir qatorda o'qitishni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qila olishi darkor. Demak, o'qitish - bilimlar, malakalar, ko'nikmalar hosil qilish va o'zlashtirish jarayonidir. O'qitishning asosiy vazifasi - yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirishdir. Yoshlarga bilim berishda nimalarni asos qilib olish?, nimaga va qanday o'rgatish yo'llarini pedagogikaning didaktika qismi o'rganadi. Didaktika grekcha so'z bo'lib, «Didayko» - o'qitish, «Didasko» - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan bo'lib, ta'lim nazariyasi degan manoni anglatadi. Qaysi fan bo'lishidan qatiy nazar didaktika umumiy qonuniyatlarini hisobga olgan holda o'tiladi, chunki u har bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. . Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o'qitish jarayonining mohiyati, ta'limning mazmuni, o'qitish prinsiplari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O'qitish jarayoni pedagogning o'rgatuvchilik faoliyatini va o'quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda bu jarayonlarning tahliliga etibor qarataylik. ta'limda o'qituvchining boshqaruvchilik roli o'z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo'lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo'yadi. Bularning barchasi o'qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o'z aksini topmog'i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilariga qo'lga kiritilgan bilimlarni o'rgatadi. O'quv faoliyatida ularni ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o'quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaqlantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O'qituvchining faoliyati o'quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o'quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o'quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O'quvchilarga qiyinchiliklarni engib o'tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. O'z navbatida o'quvchilarning faoliyati o'quv jarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallashga, o'zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. ta'lim jarayonida o'quvchilarning faoliyati ko'p qirrali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
456.67 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
456.67 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: ppt