Tа'lim nаzаriyasini o'qitish mеtоdikаsi Reja: 1.Tа'lim nаzаriyasining vujudgа kеlishini o'qitish mеtоdikаsi. 2.Tа'lim tаmоyillаrini tushuntirish mеtоdikаsi. 3.Tа'lim mаzmunining аsоsiy shаkllаrini o'qitish. 4. Dаrsdа o'quv jаrаyonining qurilishini tаjribаlаr аsоsidа tushuntirish mеtоdikаsi O'z mustaqil fikriga ega bo'lgan, o'z kuchiga, o'zi tanlagan yo'lning to'g'riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho'chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g'arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishiga qodir bo'ladi I. A. Karimov. Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi. Didaktika - grekcha so'z bo'lib, Didaktika, ya'ni o'kitish, o'rgatish ma'nolarini beradi. Ta'lim qonuniyatlarini o'rganish, tahlil qilish jarayonida ta'lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o'qitish irintsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta'limdagi yutuqlar, avvalo o'qituvchiga bog'liq. Mutaxassis sifatida o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo'lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o'rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko'rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Ta'limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma'noni bildiradi. Ya'ni ta'lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o'stirishdir. Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyat bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Ta'lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish, yangi hakiqatlarni ocha olishga qodir bo'lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta'lim o'quvchi-talabalarning o'zlashtirish, o'zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o'quvchiga noma'lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto'g'ri va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.08 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.08 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: doc