Ta'lim olganlikni tashxis etish

Ta'lim olganlikni tashxis etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim olganlikni tashxis etish - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim olganlikni tashxis etish Reja: Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish va hisobga olish O'quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari. 1.Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tayanch iboralar: tashxis tushunchasi, shakllanish jarayonlari, shaxsiy foyda tamoyili, baholovchi fikrlar, shaxsiy reyting. tashxis-bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarning uning mahsuli bilan bog'liq holda o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Demak, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. tashxis natijalarni ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta'lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi. tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendentsiyalarni (an'analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini tahminlashni o'z ichiga oladi. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluvchilarga nisbatan nazoratning obyektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo'lmasligi lozim. Didaktik nazorat o'qitishning o'ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo'nalganlikka ega bo'lishi, o'z-o'zi bilan nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur va foydali bo'lishi lozim. Ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilishdan emas, balki baho yordamida o'qishga undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. Ta'lim oluvchilarning o'quv mehnatini rag'batlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch to'plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. tashxislash tizimida baho rag'batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega bo'ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo'llanishi mumkin bo'lgan tashxislash natijalari shaxsning o'z darajasini belgilashga ko'maklashadi, bu esa raqobatbardosh ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta'lim (shuningdek, nazorat)ning ihtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o'tmishda ko'plab ta'lim oluvchilar uchun majburiy ta'limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting-insonning jamiyatdagi mavqei ko'rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. Ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish va hisobga olish. Tayanch iboralar: ta'lim natijalari, nazorat qilish vositalari, natijalarni o'zlashtirish, testlarning qo'llanish sohasi, me'yoriy test tuzish, standartlashtirilgan testlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.49 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.49 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga